Kontent qismiga oʻtish

Abdurashid Joʻraboyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abdurashid Abduvohidovich Joʻraboyev
Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi
Mansab davri
2024-yil 2-fevraldan – hozirgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Bosh vazir Abdulla Oripov
Oʻtmishdoshi Alisher Xoʻjayev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 20-oktyabr 1975-yil (1975-10-20) (49 yosh)
Fargʻona
Mukofotlari

Abdurashid Abduvohidovich Joʻraboyev – oʻzbek iqtisodchisi va davlat arbobi[1]. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi raisi, Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, maʼnaviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyati mudiri, Prezidentning yoshlar, fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash va sport masalalari boʻyicha maslahatchisining oʻrinbosari boʻlgan[2]. 2024-yil 2-fevraldan Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi[3][4].

2011-yilda Doʻstlik ordeni bilan mukofotlangan.

Akasi – Abduqahhor Joʻraboyev, 2020-yildan Toshloq tumani hokimi[5]