Kontent qismiga oʻtish

Instagram

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Instagram

Muallif
Ishlab chiquvchiMeta Platforms
Chiqarilgan sana6-oktyabr, 2010-yil (14 yil avval) (2010-10-06)
Operatsion tizim
Yozilgan til(lar)ixitoy, xorvat, chex, dan, niderland, ingliz, fin, fransuz, olmon, grek, hind, venger, indonez, italyan, yapon, koreys, malay, norveg, polyak, portugal, rumin, rus, slovak, ispan, shved, tagalog, tay, turk, ukrain, vyetnam, fors
Litsenziyaen:Proprietary software (Foydalanish shartlari bilan)
Vebsayt:instagram.com

Instagram – Kevin Systrom va Mike Krieger tomonidan yaratilgan hamda rasm va videolarni ulashish uchun moʻljallangan ijtimoiy tarmoq. Shuningdek, boshqa ijtimoiy tarmoq platformalari orqali ularni yuklash imkonini beradi. Bundan tashqari, foydalanuvchilar rasmlar va videolar uchun raqamli filtrlar qoʻllash imkoniga egadir. Instagramda videolar uchun maksimal davomiylik 60 soniyadir.[1] Instagram App Store va Play Market orqali bepul tarqatiladi.

Instagram ikonkasi (2016-yildan)

Instagram Kevin Systrom va Mike Krieger tomonidan yaratilgan hamda bepul mobil ilova sifatida 2010-yilning oktyabr oyida ishga tushirilgan. Dastlab, bu ilova nomi „Burbn“ boʻlgan. Keyinchalik, Systrom va Krieger, „instant camera“ („tezkor kamera“) va „telegram“ soʻzlarini birlashtirib, ilovaning nomini „Instagram“ga oʻzgartirishdi.[2]

Bu xizmat qisqa fursatda 2012-yilning aprel oyiga kelib, 100 million faol foydalanuvchilarga ega boʻlgani ortidan mashhurlik qozondi. Keyinchalik shu yilning oʻzida kompaniyani Facebook, Inc. sotib oldi. Instagram uchun AQSh$1 milliard sarflandi. 2018-yilga kelib esa Instagramda foydalanuvchilar soni 1.1 milliardga yetdi. Mutaxasislarning taʼkidlashicha, Instagramdan tushadigan foyda naqd $2.8 milliardni tashkil etadi.[3]

Hozirgi kunda Instagram Nokia aqlli telefonlari va BlackBerry 10 va boshqa planshetlar uchun ham mavjud.[4] Instagram foydalanuvchilari uchun yangi funksiya paydo boʻldi. Unga koʻra, endilikda katta yoshli foydalanuvchilarning notanish oʻsmirlarga yozishi taqiqlanadi. Yangi funksiya kattalarga 18 yoshga toʻlmagan, ularning sahifasiga obuna boʻlmagan oʻsmirlarga yozish imkoniyatini bermaydi. Oʻsmirlar esa, oʻz navbatida, sahifasiga aʼzo boʻlish uchun soʻrov yuborgan foydalanuvchilarning shubhali xatti-harakatlari toʻgʻrisida ogohlantiriladi[5]

2021-yil 1-martdan boshlab Instagramda uch kishi bilan jonli efir qilish funksiyasi (Live Rooms) qoʻshildi[6].

13 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun versiya

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Facebook ijtimoiy tarmogʻi Instagramʼning 13 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun moʻljallangan maxsus versiyasini ishlab chiqadi. Maʼlum qilinishicha, Facebookʼning oʻzida hozirda shunday texnologiya mavjud boʻlib, u Messenger Kids deb nomlangan. Ammo undagi barcha funksiyalar hamda tarkibiy qism oʻsmirlar (14–18 yosh) uchun moslashtirilgan. Ishlab chiqiladigan yangi ilovaga esa ota-onalarga farzandining sahifalarini nazorat qilishga imkon beruvchi tizim kiritiladi.

"Biz bolalar uchun doʻstlar bilan aloqada boʻlishi, yangi sevimli mashgʻulotlari, qiziqishlari bilan bemalol shugʻullana olishlari uchun ota-onalar tomonidan boshqariladigan tizim kiritiladigan Instagram ishlab chiqishni rejalashtirmoqdamiz", – deya taʼkidlagan kompaniya vakili Djo Osborne[7].

  1. Instagram Blog (Wayback Machine saytida 18-avgust 2017-yil sanasida arxivlangan). Blog.instagram.com. 2013-08-20.
  2. „5 Of The Most Popular Instagram Accounts“. Yahoo! Finance. Qaraldi: 10-fevral 2020-yil.
  3. Fiegerman, Seth „Instagram da 300 millionta faol foydalanuvchilar“. Mashable (dek 11, 2014). Qaraldi: 23-iyun 2015-yil.
  4. „BlackGram“. BlackBerry World. 8-noyabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-dekabr 2013-yil. „arxiv nusxasi“. 8-noyabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-aprel 2016-yil.
  5. „Instagramʻда болаларни ҳимоя қилишга қаратилган янги функция пайдо бўлди“. Bugun.uz. 2021-yil 2-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 17 март.
  6. „Instagramʻда янги функция пайдо бўлди“. Bugun.uz. 13-iyul 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 2 март. „arxiv nusxasi“. 13-iyul 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-iyul 2021-yil.
  7. „Facebook 13 ёшгача бўлган болалар учун алоҳида Instagram ишлаб чиқади“. Bugun.uz. 2021-yil 5-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 19 март.