Laziz Qudratov
Laziz Qudratov | |
---|---|
Лазиз Қудратов | |
Investitsiyalar, savdo va sanoat vaziri | |
Mansab davri 2022-yil 30-dekabr | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Strategik rivojlanish agentligi Bosh direktori | |
Mansab davri 2021-yil 18-avgust – 2022-yil 30-dekabr | |
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari | |
Mansab davri 2017-yil iyun – 2021-yil 18-avgust | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1981-yil Toshkent shahri |
Maʼlumoti | Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Hosei universiteti (Yaponiya) |
Laziz Qudratov — Investitsiyalar, savdo va sanoat vaziri.[1] Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari,[2][3][4] Strategik rivojlanish agentligi Bosh direktori.[5][6] Toshkent davlat sharqshunoslik universtitetini hamda Hosei universiteti (Yaponiya) da taʼlim olgan.
Bolaligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1981-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]U 2003–2010-yillar oraligʻida Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo Vazirligida turli mansablarida ishlagan, 2010–2014-yillarda Respublikaning Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi Elchixonasida savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchi boʻlgan. 2014–2016-yillar oraligʻida „Uzinfoinvest“ agentligining axborot bilan taʼminlash va xorijiy investitsiyalarni qoʻllab quvvatlash bo‘yicha direktori lavozimida ishlagan.[7]
Laziz Qudratov 2017-yil iyunida Investitsiyalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat qo‘mitasi raisining Birinchi o‘rinbosari etib saylandi.[3] Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari sifatidagi faoliyati davomida Qudratov Vashingtonda Amerika-Oʻzbekiston savdo palatasi rahbariyati bilan uchrashuv oʻtkazdi.[8] 2019-yilning yanvarida qo‘mita Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi sifatida tashkil etilgach, vazir o‘rinbosari lavozimida ishlashni boshladi.[3]
Avvalgi birinchi o‘rinbosar Sunnatulla Bekenov oldinroq Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga rahbar etib tayinlangandi.[9] Oʻzbekiston Respublikasi prezidentning 2021-yil 19-iyuldagi qaroriga muvofiq tashkil etilgan Strategik rivojlanish agentligika 2021-yilning 18-avgust sanasidagi №PQ-5224-sonli Qarori bilan Qudratov zimmasiga Bosh direktori vazifasi yuklatildi.[10] Laziz Qudratov boshchiligidagi delegatsiyasi Londonda boʻlib oʻtgan MINEX Eurasia 2019 forumida ishtirok etishdi va Qudratov konferensiyada nutq soʻzladi.[11][12]
2022-yilning 2-avgust kunida Qudratov Toshkentda boʻlib oʻtgan „Oʻzbekiston – Ozarbayjon – Turkiya“ uch tomonlama uchrashuvida mamlakatlar oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirishning asosiy istiqbollari haqida soʻzladi.[13] U Prezident huzuridagi tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash boʻyicha jamoatchilik kengashiga kiruvchilar roʻyxatidan joy oldi.[14]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Министром инвестиций, промышленности и торговли стал Лазиз Кудратов“. gazeta.uz (2022-yil 30-dekabr). Qaraldi: 27-noyabr.
- ↑ „НАЗНАЧЕНЫ ЗАМЕСТИТЕЛИ МИНИСТРА ИНВЕСТИЦИЙ И ВНЕШНЕЙ ТОРГОВЛИ“ (2019-yil 29-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 10-sentyabr.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 „Laziz Qudratov Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi“ (2019-yil 1-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 10-sentyabr.
- ↑ „Раҳбарият“ (2022-yil 10-sentyabr). 2022-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-sentyabr.
- ↑ „Л.Кудратов зиммасига янги Агентлик Бош директори вазифаси юклатилди“ (2021-yil 19-avgust). 2022-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-sentyabr.
- ↑ „Laziz Kudratov heads the Agency for Strategic Development“ (Ingliz tilida) (2021-yil 19-avgust). Qaraldi: 2022-yil 10-sentyabr.
- ↑ „Laziz Qudratov Strategik rivojlanish agentligi bosh direktori etib tayinlandi“ (2019-yil 19-avgust). Qaraldi: 2022-yil 10-sentyabr.
- ↑ „Лазиз Кудратов встретился с руководством Американо-Узбекской торговой палаты“ (Rus tilida) (2017-yil 21-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 10-sentyabr.
- ↑ „Лазиз Қудратов Инвестициялар ва ташқи савдо вазирининг биринчи ўринбосари этиб тайинланди“ (2019-yil 1-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 10-sentyabr.
- ↑ „Laziz Qudratov Strategik rivojlanish agentligiga rahbarlik qildi“ (2021-yil 19-avgust). Qaraldi: 2022-yil 10-sentyabr.
- ↑ „Uzbekistan delegation attends MINEX Eurasia Forum in London“ (Ingliz tilida) (2019-yil 30-noyabr). 2022-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-sentyabr.
- ↑ „Лазиз Шавкатович Кудратов, первый заместитель министра по инвестициям и внешней торговле Узбекистана, выступит на конференции МАЙНЕКС Евразия 28 ноября 2019 в Лондоне“ (Rus tilida) (2019-yil 22-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 10-sentyabr.
- ↑ „Узбекистан предложил создать международную систему электронной коммерции“ (2022-yil 2-avgust). Qaraldi: 2022-yil 10-sentyabr.
- ↑ „Кто вошёл в президентский совет по поддержке предпринимателей“ (2022-yil 1-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 10-sentyabr.