Kontent qismiga oʻtish

Sherzod Hidoyatov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sherzod Hidoyatov
 Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vaziri
Mansab davri
2024-yil 17-iyuldan – hozirgacha
Hukumat boshligʻi Abdulla Oripov
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Botir Zokirov
 Oʻzbekiston uy-joy-kommunal xizmat koʻrsatish vaziri
Mansab davri
2021-yil 14-yanvardan – 2024-yil 17-iyulgacha
Hukumat boshligʻi Abdulla Oripov
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Muzaffar Soliyev
Vorisi ?
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 20-avgust 1980-yil (1980-08-20) (44 yosh)
Toshkent, OʻzSSR, SSSR
Maʼlumoti Toshkent davlat texnika universiteti
Mukofotlari

Sherzod Saidjanovich Hidoyatov (1980-yil 20-avgust , Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek davlat arbobi, 2021-yil 14-yanvardan — Oʻzbekiston uy-joy-kommunal xizmat vaziri.

2006-yilda Toshkent davlat texnika universitetini tugatgan[1].

Mehnat faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1998-yildan 2009-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudida maslahatchi 2009-yildan 2018-yilgacha Green line profill, Nordlink Aliminium Bulding Matirials, Neo sun LightI, Dream Production, Artel Engineering, Durabel Beton, Toshkent transformator zavodi kabi kompaniyalarda turli lavozimlarda ishlagan. 2008-yildan beri Akfa xoldingida qurilish boʻyicha direktor lavozimida ishlagan.
2018-yil may oyida Sherzod Hidoyatov Toshkent shahri hokimi Jaxongir Ortiqxoʻjaev oʻrniga Tashkent city xalqaro ishbilarmonlik markazi direksiyasi rahbari etib tayinlandi[2].
2018-yil 31-avgustda Oʻzbekiston qurilish vazirining birinchi oʻrinbosari sifatida ish boshladi[3].
2021-yil 14-yanvarda Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sherzod Hidoyatovni uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri etib tayinladi. Ushbu lavozimda 2017-yil iyulidan beri vazir boʻlib ishlagan Muzaffar Soliyev[4] Nurafshon shahar hokimi etib tayinlandi.

Sherzod Hidoyatov 2020-yilda kun.uzga bergan intervyusida qurilish sohasi korrupsiyadan holi boʻlishini maʼlum qilgan[5]. Mazkur intervyu chop etilganidan uch kun oʻtgach, bosh prokuror Nigʻmatilla Yoʻldoshev qurilish uchun ajratilgan 75 mlrd soʻm byudjet mablagʻlari talon-toroj qilingani haqida axborot bergan[6].

Bosh rejani ishlab chiqish uchun dunyodagi yetakchi loyihalash tashkilotlari bilan muzokara olib borilyapti. Bunda Estoniya, Turkiya, Yevropa va AQShdagi loyiha institutlarining urbanistikada tajribali bo‘lgan mutaxassislari bilan so‘zlashmalar olib borilmoqda. Ayni paytda bosh rejani ishlab chiquvchi kompaniyani tanlab olish uchun tanlov o‘tkazishga tayyorlanyapmiz. 2022 yilda bosh reja ishlab chiqiladi va muhokamaga qo‘yiladi. 2023 yilda Toshkent shahrining bosh rejasi qabul qilinishi kutilmoqda

— Sherzod Hidoyatov, [7]