Toshkent davlat agrar universiteti
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Bu maqola vikilashtirilishi kerak. |
Toshkent davlat agrar universiteti | |
Xalqaro nomi |
Tashkent state agrarian university |
---|---|
Turi | Universitet |
Asos solingan sanasi | 1930 |
Rektori | Narzulla Naimovich Ablamuradov |
Talabalari | 11,000+ |
Bakalavriat | 25 ta yoʻnalish |
Magistratura | 24 ta mutaxassislik |
Akademiklari | 1 |
Fan doktorlari | 16 |
Professorlari | 16 |
Oʻqituvchilari | 400 |
Manzili | |
Veb-sayti | www.tdau.uz |
Toshkent davlat agrar universiteti – qishloq xoʻjaligi uchun mutaxassislar tayyorlaydigan yirik oliy oʻquv yurti. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi tarkibida. Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan. 1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi, bu institut 1934—91-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi, 1991-yilning aprelda Toshkent davlat agrar universitetiga aylantirildi.
Universitetda (2004): agronomiya, agrokimyo va tuproqshunoslik; oʻsimliklar himoyasi; mevasabzavotchilik va oʻrmon xoʻjaligi; zoomuhandislik va ipakchilik; iqtisodiyot; buxgalteriya hisobi va audit; kasbiy taʼlim; sirtqi taʼlim; magistratura mutaxassisliklari, 35 kafedra faoliyat koʻrsatadi, muzey (1980), ilmiy kutubxona (1 mln. dan ortiq asar), qishloq xoʻjaligi. kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash markazi bor. 32 ga haydaladigan yer va 1 ga issikxona maydoni boʻlgan oʻquv-tajriba xoʻjaligi, Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumanida 2480 ga haydaladigan yer, 4 ga issiqxona maydoni, chorvachilik fermasi va boshqa ishlab chiqarish obyektlari boʻlgan oʻquv-tajriba xoʻjaligi; agroekologiya ilmiy markazi, biotexnologiya laboratoriya, etnomofaglarni koʻpaytirish boʻyicha biolaboratoriya, fungimarkaz kabi ilmiy ishlab chiqarish., tadbirkorlik ilmiy boʻlinmalar faoliyat koʻrsatadi. 1992-yilda bakalavriat bosqichida mutaxassislar tayyorlaydigan Nukus filiali tashkil etilgan. 2003/04 oʻquv yilida 5321 talaba, shu jumladan, kunduzgi boʻlimda 3047, sirtqi boʻlimda 2040 bakalavr, 236 magistr talabalar oʻqidi, 457 professor-oʻqituvchi, shu jumladan, 53 fan doktori va 166 fan nomzodi ishladi.
Fakultetlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Huquq va Turizm
- Agrologistika va biznes
- Agrobiologiya
- Oʻsimliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik
- Meva-sabzavotchilik va uzumchilik
- Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash
- Ipakchilik va tutchilik
- Oʻrmon xoʻjaligi va landshaft dizayn
Universitet faoliyati P. P. Shreder, N. R. Dimo, B. C. Maligin, V. V. Yaxontov, N. G. Zaprometov, S. N. Animuxamedov, RA Olimjonov, M. A. Pankov, AM. Shleyxer, AI. Avtonomov, Ye. N. Mixaylov, V. A. Shchekin, A. A. Roʻbakov, A V. Gvozdikov, M. B. Doshchanov, M.Baxodirov, P. V. Protasov, A. I. Imomaliyev, V. I. Zuyev, E. T. Shayxov,B. A. Sulaymonov kabi olimlar nomlari bilan bogliq. Universitet tashkil topganidan beri qishloq xoʻjaligi fani va ishlab chiqarishning turli tarmoqdari uchun 55 mingdan ortiq mutaxassis kadrlar tayyorladi. Universitet qishloq xoʻjaligi taʼlimi muassasalari va institutilar boʻyicha Jahon konsorsiumi aʼzosi, xorij mamlakatlarining 37 ta universiteti va 6 ilmiy tadqiqotlar instituti bilan xamkorlik qiladi.