Shuhrat Teshayev
Shuhrat Teshayev | |
---|---|
Шуҳрат Тешаев | |
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirining agrotexnologiya bo‘yicha birinchi o‘rinbosari | |
Mansab davri 2012 – 2014 | |
Prezident | Islom Karimov |
Bosh vazir | Shavkat Mirziyoyev |
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri | |
Mansab davri 2014 – 2016 | |
Prezident | Islom Karimov |
Bosh vazir | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Zafar Roʻziyev |
Vorisi | Zoir Mirzayev |
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri oʻrinbosari | |
Mansab davri 2016 – 2018 | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Bosh vazir | Abdulla Aripov |
Farg‘ona viloyati hokimiyatida qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosar | |
Mansab davri 2018 – 2019-yil 26-fevral | |
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirining birinchi oʻrinbosari | |
Mansab davri 2019 – 2022-yil 5-sentyabr | |
Mukofotlari | O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi xodimi |
Shuhrat Jo‘raqulovich Teshayev — 1969-yil 7-avgustda Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida tugʼilgan[1]. Olim-agronom, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor[2]. 1993-yil Toshkent agrar universitetini tugatgan, Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi: Olim-agronom.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1993–1996-yillarda O‘zbekiston paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti aspiranti;
1996–1997-yillarda O‘zbekiston paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti defoliatsiya va o‘sishni sozlovchi moddalar bo‘limi kichik ilmiy xodimi;
1997–1999-yillarda O‘zbekiston paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy kotibi;
1999–2002-yillarda O‘zbekiston paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti Bosh rahbarining birinchi o‘rinbosari;
2002–2003-yillarda O‘zbekiston paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti Defoliatsiya va o‘sishni sozlovchi moddalar bo‘limining katta ilmiy xodimi;
2003–2006-yillarda O‘zbekiston paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti O‘simliklar fiziologiyasi bo‘limi rahbari;
2006–2010-yillarda O‘zbekiston paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti bosh rahbarining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari;
2010–2012-yillarda “Paxta” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasining bosh direktori;
2012–2014-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirining agrotexnologiya bo‘yicha birinchi o‘rinbosari;
2014–2016-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri;
2016–2018-yillarda qishloq va suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari, Qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi bosh direktori[3];
2018–2019-yillarda Farg‘ona viloyati hokimiyatida qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosar sifatida xizmat qilgan[3][4].
2019-yil 26-fevraldan 2022-yil sentyabrigacha O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari sifatida ishladi.
2022-yil 5-sentyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tanqidlaridan keyin Shuhrat Teshayev faoliyatidagi kamchiliklari va boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi. Lekin yangi ish joyi haqida ma’lumot berilmagan[5].
2021-yil 25-avgustda Oʻzbekiston Prezdenti Shuhrat Teshayevga „O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi xodimi“ faxriy unvoni bilan mukofotladi[6]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |
- ↑ „Первый замминистра сельского хозяйства освобожден от должности“ (Rus tilida) (2022-yil 5-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 11-sentyabr.
- ↑ „Shuhrat Teshayev qishloq xo‘jaligi vaziri birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi“ (2022-yil 5-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 11-sentyabr.
- ↑ 3,0 3,1 „Tarjimai hol: Teshayev Shuhrat Jo‘raqulovich“ (2016-yil 16-dekabr). 2022-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-sentyabr.
- ↑ „Шухрат Тешаев назначен первым заместителем министра сельского хозяйства“ (Rus tilida) (2019-yil 27-fevral). Qaraldi: 2022-yil 11-sentyabr.
- ↑ „Первый замглавы Минсельхоза уволен, Шухрат Ганиев и Актам Хаитов раскритикованы“ (Rus tilida) (2022-yil 6-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 11-sentyabr.
- ↑ „Президент 500 нафар юртдошимизни тақдирлади (тўлиқ рўйхат)“ (2021-yil 25-avgust). Qaraldi: 2022-yil 11-sentyabr.