Kontent qismiga oʻtish

Temur Shirinov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Temur Shirinovich Shirinov
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri
Mansab davri
2011-yil – 2013-yil
Hukumat boshligʻi Shavkat Mirziyoyev
Prezident Islom Karimov
Avvalgisi Avazjon Marahimov
Keyingisi Ulugʻbek Inoyatov[1]
Samarqand davlat universiteti rektori
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 6-oktyabr 1950-yil (1950-10-06) (74 yosh)
Uchma, Forish tumani, Jizzax
Mukofotlari Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi
Mehnat shuhrati ordeni

Shirinov Temur Shirinovich (Uchma qishlogʻi, Forish tumani, Jizzax viloyati, Oʻzbekiston) — tarix fanlari doktori[2], professor, tarixchi, arxeolog.

Temur Shirinov 1950-yilda Jizzax viloyatining Forish tumanidagi Uchma qishlogʻida tugʻilgan. Termiz davlat pedagogika institutini tamomlagan . Maʼlumoti — oʻrta maktab tarix va geografiya oʻqituvchisi.[3] 1993–2004-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Arxeologiya instituti direktori boʻlgan.[4] 2001-yilda Markaziy saylov komissiyasi aʼzosi etib saylangan. 2004-yildan 2011-yil fevralgacha Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti rektori.[5] 2009-yilda Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan fan arbobi unvoniga sazovor boʻlgan.[6] U 2011-yilning 4-iyulida Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri lavozimida ishlab, ushbu lavozimda Avazjon Marahimov oʻrniga kelgan. 2013-yilning 8-fevralda Davlat rahbarining farmoniga koʻra, „Temir Shirinov boshqa ishga oʻtganligi munosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod etildi“.[7] 2013-2016-yillarda Toshkent davlat pediatriya tibbiyot instituti „Oʻzbekiston tarixi, maʼnaviyat, sotsiologiya va madaniyat asoslari“ kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan. 2017-yildan — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasi rahbari.

Ikki farzandi va nabiralari bor [8].

Bibliografiya

[tahrir | manbasini tahrirlash]