Kontent qismiga oʻtish

Abdulla Rahimboyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abdulla Rahimboyev
Tavalludi 1896-yil
Vafoti 1938-yil
Moskva
Fuqaroligi SSSR va Rossiya Imperiyasi
Taʼlimi Samarqand erlar gimnaziyasi
Toshkent muallimlar seminariyasi
Moskva marksizm-leninizm kurslari
Kasbi Pedagog
Mukofotlari

Abdulla Rahimboyev (1896, Xoʻjand — 1938.7.5) — davlat va jamoat arbobi. Tojikiston SSR Xalq Komissarlari Soveti raisi (1933—1937). Buxoro kompartiyasi kotibi.

Abdulla Rahimboyev 1896-yil 1-iyunda Xoʻjand tumanida tugʻilgan. Oilasining etnik kelib chiqishi oʻzbeklardir. Savdogarlik bilan shugʻullanishgan. Dastlab diniy madrasada, soʻngra 1908-1917-yillarda Xoʻjanddagi rus maktabida tahsil olgan.

Samarqand erlar gimnaziyasi (1912), Toshkent oʻqituvchilar seminariyasini (1917) tugatgan. Dastlab oʻz ona shahrida bir muddat muallimlik qilgan, soʻngra inqilobiy harakatga qoʻshilgan.

1917-yilda „Shoʻroi Islomiya“ tashkilotining aʼzosi boʻlgan, soʻng Fargʻona viloyati tarkibiga kirgan Xoʻjand musulmon mehnatkashlari kengashi kotibi vazifalarida ishlagan. Rahimboyev 1919-yildan shoʻro muassasalarida faoliyat yurita boshladi. 1919-yilda Golodnostepsk okrug soveti ijroiya qoʻmitasi kotibi, Xoʻjand uyezd soveti ijroiya qoʻmitasi raisi, Xoʻjand shahar Soveti ijroiya qoʻmitasi raisi boʻlgan[1]. Keyinchalik Turkiston KP (b) Samarqand viloyat komitetining raisi boʻlgan. 1920-yildan 1922-yilgacha Turkiston ASSR MIK raisi. 1921-yilning martidan avgustiga qadar RSFSR Milliy ishlar xalq komissarligida kollegiya aʼzosi sifatida faoliyat yuritgan. Bir muddat Moskvaga chaqirilib, RSFSR Milliy ishlar xalq komissarligida ishlagan. Soʻng A.Rahimboyev 1923-yilning iyun—noyabr oylarida Buxoro kompartiyasi kotibi lavozimida mehnat qiladi. 1923-yildan 1924-yil noyabr oyiga qadar Turkiston KP MK kotibi boʻlgan. 1925-yildan Moskvada yashaydi.

1926—1928-yillarda u Moskvada marksizm-leninizm kurslari talabasi sifatida tahsil olgan[2].

1928-yil iyulidan 1929-yil mayiga qadar SSSR xalqlari Markaziy nashriyoti boshqarmasi raisi boʻlgan. 1929-yildan 1933-yilga qadar RSFSR Maorif xalq komissarligida Sovet milliy ozchiliklar qoʻmitasi raisi lavozimida ishlagan.Tojikiston SSR XKSning raisi (1933-yil dekabrdan), SSSR MIK raislaridan biri (1934-yil yanvar oyidan).

Abdulla Rahimboyev Lenin ordeni (1935) va Xorazm Xalq Sovet Respublikasining Qizil Bayroq ordenlarii bilan mukofotlangan.

1937 yilning yozida u Tojikiston SSR Xalq Nazorat Kengashi raisi lavozimidan ozod qilindi va Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi aʼzoligidan chiqarib yuborildi. 1937-yil avgustda Stalinobodda hibsga olinib, Moskvaga joʻnatildi va Lefortovo qamoqxonasida hibsda saqlangan. Unga aksilshoʻroviy faoliyat olib borganlik va millatchilik aybi qoʻyilgan[3]. 1938-yil 7-mayda Sovet Ittifoqi Oliy sudi Harbiy hay’atining hukmiga koʻra, u Butovoda oʻlimga hukm qilingan va otib oʻldirilgan. 1956-yilda Abdulla Rahimboyevning ishi qayta koʻrib chiqilgan va toʻla oqlangan[4][5]. Aybsiz deb topilganlar qatorida Abdulla Rahimboev zamondoshlari: Abduqodir Muhiddinov, Chinor Imomov, Shirinsho Shotemur, Nusratullo Maxsum, Fayzulla Xoʻjayev, Ashurov Oʻrinboy, Abdulloyev Sayfullo, Ismoilov Ibrohim, Anvarov Saidahmad, Mavlonbekov Ahmadbek, Abdurahim Hojiboyevlar boʻlgan.

Xoʻjand shahrida Abdulla Rahimboyevga buyust oʻrnatilgan.

  1. „Абдулло Рахимбаев“. Qaraldi: 26-iyul 2023-yil.
  2. „Рахимбаев А.“. Qaraldi: 26-iyul 2023-yil.
  3. Tarixning noma'lum sahifalari (1-kitob). Toshkent G'afur G'ulom nashriyoti 2009 — 102-bet. ISBN 978-9943-03-226-2. 
  4. Oʻzbekistonning yangi tarixi, 2-kitob [Oʻzbekiston sovet mustamlakachiligi davrida], T., 2000
  5. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil