Kontent qismiga oʻtish

Akbar Mirzoyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Akbar Mirzoyev
 2-Tojikiston Bosh vaziri
Mansab davri
1992-yil 9-yanvardan – 30-avgustgacha
Oʻtmishdoshi Izzatullo Hayoyev
Vorisi Jamshed Karimov(v.b.)
Abdumalik Abdullajonov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 15-fevral 1939-yil (1939-02-15) (85 yosh)
Xatlon viloyati
Mukofotlari

Akbar Mirzoyev (tojikcha: Акбар Мирзоев, 1939) – Tojikiston Bosh vaziri (1992)[1].

Akbar Mirzoyev 1939-yil Nurekda tugʻilgan.

1960-yil Tojikiston qishloq xoʻjaligi institutini tamomlagan.

1960-1963-yillarda Sovet armiyasida xizmat qilgan.

1963-yildan 1974-yilgacha melioratsiya va suv resurslari tizimida ishlagan.

1987-yili Koʻlob viloyati ijroiya qoʻmitasi raisi boʻlgan.

1988—1990-yillari Tojikiston Xatlon viloyati ijroiya qoʻmitasi raisi.

1991-yilgi prezidentlik saylovida Rahmon Nabiyevni qoʻllagan, soʻng Nabiyev hukumatining raisi boʻlgan.

1992-yil 29-avgustda – Tojikiston Respublikasining Germaniyadagi Muvaqqat ishlar vakili etib tayinlandi. 1994-2001-yillarda – Tojikiston Respublikasining Germaniyadagi Favqulodda va Muxtor elchisi boʻlgan.

2007-yilda Tojikiston xayriya jamoat fondi vasiylik kengashi raisi etib tayinlandi.

  1. „МИРЗОЕВ Акбар“ (ru). www.centrasia.ru. 2018-yil 7-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 7-fevral.