Kontent qismiga oʻtish

Shavkat Mirziyoyevning prezidentligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya


Shavkat Mirziyoyevning prezidentligi – Oʻzbekistonning 2-prezidenti Shavkat Mirziyoyevning faoliyati. Mirziyoyev vakolati 2016-yil 14-dekabrda, oʻzidan oldingi prezident Islom Karimov vafotidan soʻng, bosh vazir va prezident lavozimlariga tayinlanishi bilan boshlangan. Oʻzbekiston Konstitutsiyasiga muvofiq, uning vakolati 2023-yilda qayta saylangani sababli 2030-yilgacha davom etadi.

2016-yilgi saylov va Mirziyoyevning saylovgacha boʻlgan faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 1957-yil 24-iyulda Oʻzbekiston SSR Jizzax viloyatida tugʻilgan. 1977—1981-yillarda Mirziyoyev Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutida texnologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan. Siyosiy faoliyatini 1996-yilda Jizzax viloyati hokimi etib tayinlanishidan boshlagan. 2001-yil sentyabr oyida Samarqand viloyati hokimi etib tayinlanadi va bu lavozimda 2003-yilgacha faoliyat yuritgan. Shu yilning oʻzida respublikaning birinchi prezidenti Islom Karimov tomonidan Oʻtkir Sultonov oʻrniga yangi Vazirlar Mahkamasini shakllantirish uchun bosh vazir etib tayinlanib, bu lavozimda 2016-yil sentyabr oyida Islom Karimov vafoti tufayli vaqtincha prezident vazifasini bajaruvchi lavozimga kelguniga qadar faoliyat olib borgan. 2016-yilning 4-dekabr oyida boʻlib oʻtgan prezidentlik saylovida Mirziyoyev 88,6 foiz ovoz bilan Oʻzbekistonning 2-prezidenti etib saylangan[1].

Mirziyoyev 2016-yil 14-dekabr kuni Oliy Majlisning navbatdagi sessiyasidagi tantanali marosimda Oʻzbekiston Prezidenti sifatida qasamyod qilgan. Marosimni Oʻzbekiston Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo-Ulugʻbek Abdusalomov olib borgan[2]. Mirziyoyev qasamyodni bir qoʻlini mamlakat Konstitutsiyasi va Qurʼonga qoʻygan holda qabul qilgan[3].

Ichki siyosat

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Mirziyoyev AQShdagi oʻzbek diasporasi vakillari bilan.

Uchrashuvlar va lavozimidan ozod etish hollari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mirziyoyev oʻz prezidentligi davrida Karimov davridagi bahsli holatlarga qarshi kurash olib borgan. Mirziyoyev prezidentligining ilk yillarini oʻz hokimiyatini mustahkamlash va mamlakatdagi barcha hokimiyat kurashlarini olib tashlashga sarfladi[4]. Jumladan, Rustam Azimov va Rustam Inoyatov kabi baʼzi siyosiy arboblar uning rejalashtirgan koʻplab islohotlariga qarshi edi. Shuningdek, 2017-yil sentyabrida Karimovning sodiq tarafdori sifatida koʻrilgan Qobul Berdiyevning oʻrniga Abdusalom Azizovni mudofaa vaziri etib tayinladi. 2 yil ushbu lavozimda faoliyat olib borgan Azizovni 2019-yilning fevral oyida Mirziyoyevning telefon suhbatini tinglaganlikda ayblab, lavozimidan ozod etilgan Davlat xavfsizlik xizmati rahbari, generalleytenant Ixtiyor Abdullayevning oʻrniga tayinladi[5].

Davlat iqtisodiy rivojlanishida Mirziyoyev 300 mingdan ortiq ish oʻrni yaratilishi va eksport hajmini oshishiga sabab boʻlgan islohotlari bilan hissa qoʻshgan. U 2019-yil mart oyida BAA valiahd shahzodasi Muhammad ibn Zayd Al Nahayon bilan boʻlib oʻtgan muzokaralar natijasida infratuzilma, muqobil energiya va qishloq xoʻjaligi kabi sohalarga 10 milliard dollar ajratgan[6][7]. 2020-yil oktyabr oyida prezident Oʻzbekistonda xususiylashtirish jarayonini tezlashtirish maqsadida xususiy sektorga sotiladigan davlat mulki va korxonalari roʻyxatini tasdiqlagan[8].

Harbiy siyosat

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mirziyoyev prezidentlik davrida Oʻzbekiston Qurolli Kuchlarida taʼlim olish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida quyidagi muassasalarni tashkil etdi: Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti, Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari harbiy-tibbiyot akademiyasi[9] va Jizzax aviatsiya oliy harbiy bilim yurti. Shuningdek, Mirziyoyev hokimiyat tepasiga kelganidan buyon qurolli kuchlarni zamonaviy qurollar bilan taʼminlash jadallashdi[10]. 2017-yil noyabr oyida prezident tashabbusi bilan harbiy-sanoat kompleksini boshqarish boʻyicha vakolatli organ sifatida Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasi tashkil etildi[11].

Koronavirus pandemiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mirziyoyev nafaqat 2020-yilda sodir boʻlgan Oʻzbekistonda COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurash uchun, balki Markaziy Osiyodagi inqirozga qarshi kurashish harakatlarini muvofiqlashtirish uchun ham masʼul edi[12][13]. Prezident turizm sohasini jonlantirish uchun taʼtil paytida virus bilan kasallanganlar uchun kompensatsiya paketi ham mavjud boʻlgan „Xavfsiz sayohat kafolati“ kampaniyasini ishga tushirgan[14]. Iyul oyida Mirziyoyev sogʻliqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov va Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayevga virus tarqalishini toʻxtata olmagani uchun tanbeh bergan[15]. Avgust oyiga kelib esa pandemiyaga qarshi kurashda jonbozlik koʻrsatgan sogʻliqni saqlash xodimlarini faxriy unvon va medallar bilan taqdirladi[16]. Avgust oyining boshida respublika blokirovka choralarini bosqichma-bosqich yumshatishni oʻz ichiga olgan qarorga imzo chekdi[17].

2022-yilgi Qoraqalpogʻistondagi namoyishlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil 1-iyul kuni Qoraqalpogʻiston avtonom respublikasida Oʻzbekiston Konstitutsiyasida Qoraqalpogʻistonga Oʻzbekistonning muxtor viloyati maqomi berilishi va Oʻzbekiston tarkibidan referendum yoʻli bilan ajralib chiqish huquqini bekor qiluvchi oʻzgartirishlar kiritish taklifiga qarshi norozilik namoyishlari boʻlib oʻtgan. Namoyish bostirilgan, kamida 18 kishi halok boʻlgan[18].

  1. Uzbekistan to hold presidential election on December 4
  2. „Shavkat Mirziyoyev takes office as President of Uzbekistan - Tashkent Times“. Tashkenttimes.uz (2016-yil 14-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 21-noyabr.
  3. „Shavkat Mirziyoyev sworn in as Uzbekistan's president“. Tass.com (2016-yil 14-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 21-noyabr.
  4. „Uzbek leader sacks powerful security boss“ (2018-yil 31-yanvar).
  5. „Uzbekistan: Head of security services gets chop amid talk of surveillance | Eurasianet“.
  6. Eurasianet. „Mirziyoyev comes away from UAE visit with multibillion dollar promises“. Vestnik Kavkaza (2019-yil 28-mart). Qaraldi: 2021-yil 21-noyabr.
  7. „Over 336,000 new jobs created in Uzbekistan in 2017 - President“. UzDaily.com.
  8. „Uzbekistan to speed up selling of state-owned business to private sector | International“ (en). Devdiscourse. Qaraldi: 2020-yil 31-oktyabr.
  9. „Создается Военно-медицинская академия Вооруженных Сил“ (ru-UZ). Газета.uz (2020-yil 26-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 15-may.
  10. „Uzbek armed forces renew nearly half of weapons in past four years - Xinhua | English.news.cn“. www.xinhuanet.com. Qaraldi: 2021-yil 16-yanvar.
  11. „In Uzbekistan was created the State Committee for the Defense Industry – Kaspex“ (en-US). Qaraldi: 2021-yil 7-iyun.
  12. „Uzbekistan Leads Central Asian Diplomacy in the Age of COVID-19“.
  13. „Mirziyoev Steps Up As COVID-19 Crisis Increases Contact Among Central Asian Leaders“. Rferl.org (2020-yil 1-aprel). Qaraldi: 2021-yil 21-noyabr.
  14. „Ministry Of Tourism And Sports The Republic Of Uzbekistan“. Uzbektourism.uz. Qaraldi: 2021-yil 21-noyabr.
  15. „Uzbek leader chides officials over deplorable COVID-19 situation | Article [AMP | Reuters“].
  16. „President of Uzbekistan awards medical workers who died in COVID-19 fight - AKIpress News Agency“. M.akipress.com (2020-yil 28-avgust). Qaraldi: 2021-yil 21-noyabr.
  17. „Uzbekistan to ease COVID-19 restrictions step-by-step - Xinhua | English.news.cn“. Xinhuanet.com (2020-yil 12-avgust). Qaraldi: 2021-yil 21-noyabr.
  18. „Uzbekistan: End use of unlawful force against Karakalpakstan protesters“. Amnesty International (2022-yil 4-iyul). Qaraldi: 2022-yil 4-iyul.