Kontent qismiga oʻtish

Rustam Azimov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Rustam Sodiqovich Azimov
Рустам Содиқович Азимов

2015
"Oʻzbekinvest" eksport-import milliy sugʻurta kompaniyasi raisi.
Mansab davri
2017-yil 6-iyundan
Hukumat boshligʻi Abdulla Oripov
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Jamshid Abdullayev
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri
Mansab davri
2005-yil 4-noyabr – 2016-yil 15-dekabrgacha
Hukumat boshligʻi Shavkat Mirziyoyev
Abdulla Oripov
Prezident Islom Karimov
Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Saidahmad Rahimov
Vorisi Botir Xoʻjayev
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri
Mansab davri
2003-yil – 2005-yilgacha
Hukumat boshligʻi Shavkat Mirziyoyev
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Nasriddin Najimov
Vorisi Saidahmad Rahimov
Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vaziri
Mansab davri
2000-yil – 2003-yilgacha
Hukumat boshligʻi Oʻtkir Sultonov
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi lavozim taʼsis etilgan
Vorisi lavozim bekor qilingan
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri
Mansab davri
1998-yil – 2000-yilgacha
Hukumat boshligʻi Oʻtkir Sultonov
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Baxtiyor Hamidov
Vorisi Mamarizo Nurmurodov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 20-sentyabr 1958-yil (1958-09-20) (66 yosh)
Toshkent, OʻzSSR, SSRI
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni

Rustam Sodiqovich Azimov (oʻzbekcha: Рустам Содиқович Азимов; 20-sentyabr 1958-yil, Toshkent) — "Oʻzbekinvest" eksport-import milliy sugʻurta kompaniyasi raisi.[1] Uning otasi — Azimov Sodiq Azimovich — taniqli oʻzbek olimi, akademik.

Tarjimai holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Oʻzbekiston Mudofaa vaziri Qodir Gʻulomov (oʻngda) 2003-yil 16-aprel kuni Pentagonda AQSH Mudofaa vaziri Donald Ramsfeld (old tomonda) bilan uchrashdi. Gʻulomov, Ramsfeld va ikki davlatning boshqa yuqori martabali rasmiylari ikki tomonlama xavfsizlikka oid bir qator masalalarni muhokama qilish uchun uchrashmoqda. Muzokaralarda ikki mudofaa yetakchisi bilan O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari, Iqtisodiyot vaziri Rustam Azimov ishtirok etdi

1958-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. Millati-oʻzbek[2].

Oliy maʼlumotli. Toshkent davlat universitetini va Toshkent qishloq xoʻjaligini irrigatsiyalash va mexanizatsiyalash muhandislik institutini tamomlagan. Iqtisod fanlari nomzodi.

1982-1988 — yillarda Jizzax viloyati va Toshkent viloyati partiya tashkilotlarida turli ijroiya va rahbarlik lavozimlarida ishlagan.

1990-1991 — Oʻzbekiston Respublikasi „Ipak yoʻli“ banki boshqaruv raisi.

1991-1998 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqaruv raisi.

1998-2000 — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri.

2000-2000 — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Moliya vaziri.

2000-2003 — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Makroiqtisodiyot va statistika vaziri.

2003-2005 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri.

2005-2008 — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri.

2008-yil 22-noyabrdan 2016-yilgacha — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — Moliya vaziri, makroiqtisodiy rivojlantirish majmuasi rahbari.

2016-yil 15-dekabrdan 2017-yil iyungacha — Bosh vazir oʻrinbosari, Makroiqtisodiy rivojlantirish majmuasi rahbari[3].

2017-yildan "Oʻzbekinvest" eksport-import milliy sugʻurta kompaniyasi raisi.