Botir Xoʻjayev
Botir Asadillayevich Xoʻjayev (oʻzbekcha: Ботир Асадуллаевич Хўжаев, ruscha: Батир Асадиллаевич Ходжаев; 1956-yil 11-iyulda Toshkentda tugʻilgan) – oʻzbek davlat arbobi. 2006—2009 va 2017—2020-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri, 2016—2017-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri, 2005—2006-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining davlat maslahatchisi, 2002—2004-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq qoʻmitasi raisi boʻlgan.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1979-yilda Toshkent temir yoʻl muhandislari institutini tugatgan[1][2][3].
1979—1979 – „Glavtashkentstroy“ 11-trestining 75-qurilish boshqarmasi masteri;
1979—1981 – Harbiy xizmat;
1981—1992 – „Glavtashkentstroy“ 1-trestining 17-qurilish boshqarmasi masteri, muhandisi, Toshkent shahar ijroiya qoʻmitasi kapital qurilish bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari, boshqarma boshligʻi;
1992—1994 – Toshkent shahri Chilonzor tumani hokimining birinchi oʻrinbosari;
1994—1996 – Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari;
1996—1997 – Oʻzbekiston Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi raisining oʻrinbosari;
1997—1998 – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining makroiqtisodiy rivojlantirish departamenti boʻlim mudiri;
1998—2000 – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari;
2000—2002 – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi;
2002—2004 – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining makroiqtisodiy rivojlantirish departamenti mudiri;
2004—2005 – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining iqtisodiyotdagi tarkibiy oʻzgarishlar departamenti mudiri;
2005—2006 – Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining davlat maslahatchisi;
2006—2009 – Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri;
2009—2011 – Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari – Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi;
2011—2016 – Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosari;
2016—2017 – Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri.
2017—2020 – Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri[4].
2020—2020 – Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi[5]. 6-aprelda nafaqaga ketgan[6].
2020-yildan – „RosGeo“ qoʻshma korxonasi direktori.
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Otasi – Asadilla Xoʻjayev, OʻzSSR davlat arbobi. Toshkent shahar ijroiya qoʻmitasi raisi boʻlgan.
Akasi – Xoʻjayev Bahodir Asadillayevich, 1992-yildan 2015-yilgacha Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining prorektori boʻlgan.
Onasi – Xoʻjayeva Kimyoxon Azizxonovna, uy bekasi. 2004-yilda vafot etdi.
Opasi – Xoʻjayeva Qunduz Asadullayevna, Andijon tibbiyot institutini tamomlagan, Toshkent tibbiyot institutida LOR kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari doktori, professor lavozimida ishlagan. 2010-yilda vafot etgan.
Opasi – Xoʻjayeva Dilbar Asadullayevna, 1949-yil Qoʻqon shahrida tugʻilgan. Toshkent xalq xoʻjaligi institutini tamomlagan, „Sanoat iqtisodiyoti“ kafedrasida ishlagan, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent. 2013-yilda vafot etgan.
Opasi – Xoʻjaeva Mapirat Asadillayevna, 1951-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. Toshkent davlat universitetini tamomlagan. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligida fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent lavozimida ishlagan. 2016-yilda vafot etgan.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]2016-yilda Fidokorona xizmatlari uchun ordeni bilan taqdirlangan[7].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Minister of Finance“. Minsitère des Finances. 2017-yil 10-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-iyul 2017. (Wayback Machine saytida 2017-11-10 sanasida arxivlangan).
- ↑ Centrasia: „ХОДЖАЕВ Батир Асадиллаевич“. Qaraldi: 6-iyul 2017..
- ↑ UzDaily: „O'zbеkiston moliya vazirining yangi birinchi o'rinbosari tayinlandi“. 2017-yil 10-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 10-noyabr..
- ↑ Oʻzbekistonda ikki vazir oʻzgardi[sayt ishlamaydi]
- ↑ https://m.kun.uz/news/2020/02/24/nodir-otajonov-hukumatni-tark-etdi
- ↑ https://m.kun.uz/news/2020/04/07/botir-xojayev-bosh-vazir-maslahatchisi-lavozimidan-ozod-etildi
- ↑ „Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг йигирма беш йиллиги муносабати билан давлат хизматчилари ҳамда ишлаб чиқариш ва ижтимоий-иқтисодий соҳалар ходимларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида“.