Sarvar Otamuratov
Sarvar Otamuratov | |
---|---|
Tavalludi |
22-avgust 1973-yil |
Sarvar Saʼdullayevich Otamuratov – Milliy tiklanish partiyasidan prezidentlikka nomzod boʻlgan[1].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1973-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. Millati – oʻzbek. Maʼlumoti – oliy, Toshkent davlat universiteti falsafa-iqtisodiyot fakultetining sotsiologiya boʻlimini, Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini, Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. Sotsiologiya fanlari nomzodi.
1995—2006-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi valyuta-iqtisod bosh boshqarmasida yetakchi iqtisodchi, bosh iqtisodchi, boʻlim boshligʻining oʻrinbosari, boshqarma boshligʻining oʻrinbosari, boshqarma boshligʻi lavozimlarida ishlagan.
2006—2009-yillarda sugʻurta kompaniyalarida rahbarlik lavozimlarida ishlagan.
2009-yilda va 2014-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati etib saylangan.
2010—2014-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Byudjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi raisining oʻrinbosari.
2013-yilda „Milliy tiklanish“ demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi etib saylangan.
2015-yildan 2019-yil]gacha bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosari. Oʻzbekiston „Milliy tiklanish“ demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari.
2016-yilgi prezidentlik saylovida 2,35 foiz ovoz olgan[2].
2019-yildan hozirgacha sugʻurta shirkati direktori.
Oilali, ikki farzandi bor.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Milliy Tiklanish, 2016-11-19da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2016-11-18
- ↑ „Sarvar Otamuratov Shavkat Mirziyoyevga muvaffaqiyat tiladi“.