Kontent qismiga oʻtish

MALAKUT

Vikipediya, erkin ensiklopediya

MALAKUT - oliy ilohiy hokimiyat, Allohning g‘oya va qarorlari, uning ilohiy sirlari (asror)ning oliy olami. Qur’onda M. istilohi Allohning oliy hokimiyati ma’nosida kelgan va u oddiy, "erdagi" hokimiyatdan butunlay o‘zgacha (6:75; 7:185/184; 23:88/90; 36/83). M. bilan odatda jabarut (ilohiy qudrat) tushunchasi ham bog‘liq. M. va jabarutga inson aqli bovar qilmaydi, biroq ular predmet sifatida "Quyi", moddiy olamda aks etgan. Ular mukammallik va doimiylik bilan ajralib turadi, hoz. va kelajak hayot haqidagi bilimlarni o‘zlarida saqlaydilar. "Olam al-M." (M. olami) va M.ning o‘zi qo‘shimcha sinonim sifatida ishlatiladi. Jabarut odatda M. va mulk o‘rtasidagi mavqeni egallaydi va M. g‘oyalarini mulkda amalga oshishida vositachi bo‘lib xizmat qiladi. M., jabarut va mulk Qur’onga qilingan o‘rta asrlardagi sharxlarda, sunniylar, shialar, so’fiylarning asarlarida ko‘p uchraydi. Ularni qo‘llashdagi farqlarga qaramasdan, ularning asosiy ma’nosi, mazmuni odatda o‘zgarishsiz qolgan.

[1] (Wayback Machine saytida 2022-09-22 sanasida arxivlangan)[1]

  1. „https://n.ziyouz.com“. 2022-yil 22-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-sentyabr.