Muhammadolim Muhammadsiddiqov
Muhammadolim Muhammadsiddiqov | |
---|---|
Tavalludi |
1972 Asaka, Andijon, Oʻzbekiston |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Sohasi | Sharqshunos-iqtisodchi-arabshunos |
Ish joylari | ToshDSHI |
Muhammadsiddiqov Muhammadolim Muhammatroziq oʻgʻli (1972-yilda tugʻilgan) — sharqshunos, iqtisodchi, arabshunos, siyosiy fanlar nomzodi. Toshkent islom instituti rektori[1]. 2023-yil 23-noyabrda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisining oʻrinbosari[2].
Ilmiy yoʻnalishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xalqaro munosabatlar va siyosatshunoslik. 100 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. Bir qator respublika ilmiy konferensiyalari ishtirokchisi[3].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qohira davlat universiteti Iqtisodiyot va siyosiy fanlar fakultetining 1999- va ToshDSHI „Xalqaro aloqalar va iqtisod“ fakultetining 2002-yil bitiruvchisi. 1994—1999-yillar Qohira davlat universiteti talabasi; 2000—2002-yillar TDSHIda magistrant va oʻqituvchi; 2005-yildan katta oʻqituvchi; Jahon siyosati kafedrasida dotsent; 2015-yilda „Xalqaro munosabatlar va tashqi siyosat tarixi“ ixtisosligi boʻyicha dotsent; 2016-2017-yillar ToshDSHI "„Jahon siyosati va xalqaro munosabatlar“ kafedrasi mudiri, 2017—2018-yillar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita diniy taʼlim boʻlimi boshligʻi, 2018-2019-yillar Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi Yoshlar bilan ishlash boʻyicha prorektori, 2019-yildan OʻzXIA „Xalqaro munosabatlar“ kafedrasi dotsenti, 2020-yildan OʻzXIA „Xalqaro munosabatlar“ kafedrasi professori, siyosiy fanlar doktori[4].
Asosiy ilmiy ishlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nomzodlik dissertatsiyasi mavzusi: „Saudiya Arabistoni Podshohligining Qizil dengiz mintaqasida xavfsizlikni taʼminlash siyosatining xususiyatlari“ — Toshkent, 2005. Doktorlik dissertatsiyasi mavzusi: „Afrika arab davlatlarida dinning siyosiylashuvi va uning siyosiy jarayonlarga taʼsiri“ — Toshkent, 2018.
- Saudiya Arabistonining Yaqin Sharq mojarolariga munosabati // Sharqshunoslik. — Toshkent: ToshDSHI, 2004. — № 4. — B.107 — 110.
- Oʻzbekiston — Saudiya munosabatlari: hozirgi holat va hamkorlik istiqbollari // Sharq mashʼali. — Toshkent: ToshDSHI, 2006. — № 1-2. — B.19 — 22.
- Xavfsizlik tushunchasi va uning mohiyati // Siyosat va iqtisod: Professor-oʻqituvchilar va talabalar ilmiy toʻplami. — Toshkent: ToshDSHI, 2006. — № 1. — B.15 — 18.
- Shimoli-Sharqiy Afrikadagi siyosiy-ijtimoiy muammolarni hal etishda Saudiya Arabistonining roli // Sharqshunoslik. — Toshkent: ToshDSHI, 2006. — № 2. — B.133 — 138.
- Fransiya tashqi siyosatida „Afrika Frankofon“ davlatlarining oʻrni// Sharqshunoslik. — Toshkent: ToshDSHI, 2007. — № 1. — B.48 — 54.
- Kto je stanet predstavitelem Afriki v Sovet bezopasnosti OON? // Vostokovedeniye. — Tashkent: TashGIV, 2007. — № 1-2. — S.88 — 93.
- Afrika — geostrategik ahamiyatga molik qitʼa // Sharqshunoslik. — Toshkent: ToshDSHI, 2007. -№ 2. — B.107-109.
- Afrikadagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishda BMTning tashabbuslari // Siyosat va iqtisod. Professor-oʻqituvchilar va talabalar ilmiy toʻplami. — Toshkent: ToshDSHI, 2007. — № 2. — B.124-129.
- Markaziy Osiyo bilan Afrika arab davlatlari oʻrtasida oʻzaro aloqalarni mustahkamlashda dinning ahamiyati xususida // Falsafa va huquq. — Toshkent, 2007. — № 2. — B.47 — 48.
- Hamkorlikning yangi ufqlari // Tafakkur. — Toshkent, 2007. -№ 3. — B.110 — 111.". — Leningrad, 1956.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi“. gazeta.uz. Qaraldi: 28-may 2023-yil.
- ↑ „Муфтий Нуриддин Ҳолиқназаровга янги ўринбосар тайинланди“ (23-noyabr 2023-yil). Qaraldi: 23-noyabr 2023-yil.
- ↑ Oʻzbekiston sharqshunoslari bibliografiyasi 2021, s. 349-355.
- ↑ Oʻzbekiston sharqshunoslari bibliografiyasi 2021, s. 349—355.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oʻzbekiston sharqshunoslari bibliografiyasi, Toshkent, 2021 — 75—80-bet.