Toshkent islom instituti
Xalqaro nomi |
Tashkent Islamic Institute |
---|---|
Turi | oliy ta'lim muassasasi |
Asos solingan sanasi | 1971 |
Rektori | Muhammadolim Muhammadsiddiqov Muhammadroziq oʻgʻli |
Fakultetlar | 1 |
Talabalari | 650 dan ortiq |
Bakalavriat | 4 yil |
Manzili |
41, Qorasaroy ko'chasi, Olmazor tumani, Toshkent shahri, , Oʻzbekiston |
Kampusi | bor |
Veb-sayti | oliymahad.uz |
Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti – oliy diniy oʻquv yurti. 1969-yil tashkil etilgan. 1971-yil 1-noyabrdan faoliyatini boshlagan[1]. Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufida.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Toshkent islom institutining taʼlim dasturlari islom taʻlimoti asoslarini, din tarixi va nazariyasini chuqur oʻrganishga, arab adabiyotini oʻzlashtirishga qaratilgan.
Diniy fanlar boʻlimida fiqh, usulul fiqh, hadis, aqida, mustalohul-hadis (hadis terminologiyasi), tafsir, farz, xattoba kabi fanlar oʻqitiladi. Ijtimoiy fanlar kafedrasida dasturga dinlar tarixi, islom tarixi, mazhablar va islom oqimlari tarixi, Oʻzbekiston tarixi, falsafa, maʼnaviyat asoslari, sotsiologiya, siyosatshunoslik, iqtisod nazariyasi va ekologiya asoslari kabi fanlar kiradi. „Tahfiz ul-Qurʻon“ (Qurʻon yodlash) boʻlimi „Ulum al-Qurʻon“ (Qurʻon ilmi), qiroat, tajvid va boshqa fanlarni oʻrganish bilan shugʻullanadi. Institut dinlar tarixi va nazariyasini chuqur egallagan, islom dini asoslarini oʻzlashtirgan, arab tilida soʻzlasha oladigan mutaxassislar tayyorlaydi. Tillar kafedrasida ona tili (oʻzbek), arab, fors, ingliz, rus tillari, notiqlik sanʼati va xattotlik boʻyicha darslar olib boriladi[2].
Toshkent islom institutida 2015-yil holatiga 60 nafar, 2008-yil holatiga esa 43 nafar oʻqituvchi faoliyat olib borgan.
2003-yildan Institutni tamomlagan talabalar bakalavriat va islom olimi, imom-xatib yoki arab tili oʻqituvchisi kabi mutaxassisliklarga ega boʻlganlar[3].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Taʼlim muassasasi SSSRning eng yirik musulmon diniy arbobi, Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasi raisi Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon tashabbusi bilan tashkil etilgan. Institut tarixi 1970-yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan masjid imom-xatiblarining malakasini oshirish kurslariga borib taqaladi. Keyin 1971-yilda kurslar negizida oliy oʻquv yurti boʻlmish Oliy Islom Maʼhadi tashkil etildi. 1991-yilda Toshkent islom instituti deb nomlandi. Muassasa tashkil etilgan paytdayoq oʻrta asrlarda hozirgi O‘zbekiston hududida yashagan buyuk islom ilohiyotchisi, muhaddis Imom al-Buxoriy nomi bilan atalgan.
1969-yilda "Baroqxon" madrasasi institut darajasida qayta tiklandi. Sovet Ittifoqi Vazirlar Kengashi huzuridagi Din ishlari boʻyicha kengashning Toshkentda oliy darajadagi madrasa ochish toʻgʻrisidagi qarori qabul qilindi.
SSSRda institut yagona oliy islom taʼlim muassasasi edi[4]. U nafaqat Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston, balki mamlakatning Yevropa qismi, Kavkaz mintaqasi va Sibirdagi diniy muassasalar uchun xodimlar tayyorlagan.
Hozirda institut Oʻzbekiston musulmonlari idorasiga boʻysunadi. 2003-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining institut bitiruvchilariga bakalavriat darajasini berish toʻgʻrisidagi qarari qabul qilindi.
Madrasa uchun Hazrati imom dahasi (Hamza, hozirgi Zarqaynar koʻchasi, 18-berk koʻcha, 47-uydagi „Namozgoh“ masjidining binosi ajratildi.
1971-yil 1-noyabrda (hijriy taqvim boʻyicha 1391-yil Ramazonning 12 kuni) oliy madrasa oʻz faoliyatini boshlagan.
Biz bu ilmiy dargohni ochar ekanmiz, oʻz oldimizga turli sohalardagi diniy va zamonaviy ilmlarni yaxshi egallagan, muqaddas dinimiz uchun zarur boʻlgan bilimdon diniy xizmatchilarni tayyorlashni asosiy vazifa qilib qoʻyamiz[1].
— muftiy Ziyouddinxon Boboxonov, in
Oliy madrasada oʻqish davri 4 yil boʻlgan. Darslar oʻzbek va arab tillarida oʻqitilgan. Birinchi oʻquv yilida oliygohga (maʼhadga) 20 ta talaba qabul qilingan.
Oʻquv dargohi ilk yillari „Oliy diniy madrasa“ (Visshaya duxovnaya shkola, ruscha: Высшая духовная школа) deb nomlanardi. 1974-yilda Imom Buxoriy tavalludining 1200-yillik yubileyi munosabati bilan ushbu bilim yurtiga muhaddis nomi berildi va „Oliy maʼhad“, „Toshkent islom instituti“ deb nomlanadigan boʻldi[1].
Joylashuvi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Toshkent islom instituti 18-Zarqaynar yoʻlagidagi 47a-binoda joylashgan.
Taʼlim muassasasi hududida meʻmoriy yodgorlik – Hazrati Imom ansambli tarkibiga kiruvchi Toshkent Namozgoh masjidi joylashgan[5][6].
SSSR davrida
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ittifoqda yagona oliy islom oʻquv yurti boʻlgan, unda Kavkazorti, Shimoliy Kavkaz, SSSRning Yevropa qismi va Sibir, Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasi uchun diniy xodimlar tayyorlangan. Toshkent islom instituti sobiq Ittifoqda yagona edi. Kavkazorti, Shimoliy Kavkaz, SSSRning Yevropa qismi va Sibir musulmonlari diniy boshqarmalarining boʻlajak kadrlari ham aynan shu oliygohda tahsil olgan. Shuningdek, Afgʻonistondan 6 ta, Vetnamdan 4 ta, Yamandan 6 ta, Bolgariyadan 4 ta talaba oliy maʼhadni tamomlagan[1].
Mustaqillik yillarida
[tahrir | manbasini tahrirlash]2003-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan institutisitut bitiruvchilariga bakalavr diplomi beriladi[7]. 2007-yili institutning ikki qavatli yangi binosi qurildi. 2008-yil holatiga koʻra, Toshkent islom institutida 130 dan ortiq talaba tahsil olgan. 2008-yilda tashkil etilganidan buyon 1700 ga yaqin kishi taʼlim muassasasini tamomlagan. 2021-yilda 27 ta xonadan iborat talabalar turar joyi va 45 kishiga moʻljallangan tahoratxonani oʻz ichiga olgan 4 qavatli bino qurildi, ikki qavatli institutning asosiy binosiga 17 ta oʻquv xonalari, majlislar zali va axborot-resurs markazidan iborat uchinchi qavati ham qurildi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 „Бугун – Тошкент ислом институти ташкил топган кун“ (uz). muslim.uz. Qaraldi: 26-noyabr.
- ↑ „Исламский институт имени имама аль-Бухари, Ташкент“. Qaraldi: 2023-yil 29-noyabr.
- ↑ „Система образования в Ташкентском исламском институте“. Qaraldi: 2023-yil 29-noyabr.
- ↑ „Исламский институт имени имама аль-Бухари, Ташкент“. Qaraldi: 2023-yil 29-noyabr.
- ↑ Тошкент: энциклопедия.. Тошкент: «Ўзбекистон миллий энциклопедияси» Давлат илмий нашриёти, 2008. ISBN 978-9943-07-096-7.
- ↑ Тошкент: энциклопедия.. ISBN 978-9943-07-096-7.
- ↑ OʻzME