Ma'mun universiteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ma'mun univesiteti nodavlat ta'lim muassasi
(Ma'mun univesiteti)
Asl nomi Ma'mun univesiteti
Xalqaro nomi

Mamun university

rus. Университет Мамун
Asos solingan 2022
Oʻquv yurti turi Universitet
Rektori Nurjanov Arslon Otanazarovich
Talabalari 7000 ta
Fakultetlar 3 ta
Bakalavriat 9 ta yoʻnalish
Magistratura yoʻq
Manzili Oʻzbekiston, Xiva shahri, Bolxovuz koʻchasi 2-uy
Vebsayti https://mamunedu.uz



Maʼmun universitetiOʻzbekistondagi nodavlat oliy taʼlim muassasasi[1]. Xorazm viloyati, Xiva shahrida 2022-yilda tashkil etilgan[2].


Fakultetlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Iqtisodiyot va gumanitar fanlar fakulteti
  • Psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti
  • Filologiya fakulteti

Kafedralar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Iqtisodiyot kafedrasi
  • Buxgalteriya hisobi va Umumkasbiy fanlar kafedrasi
  • Tarix kafedrasi
  • Psixologiya kafedrasi
  • Falsafa kafedrasi
  • Roman-german filologiyasi kafedrasi
  • Rus tili va adabiyoti kafedrasi

„Maʼmun universiteti“da quyidagi taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha mutaxassis tayyorlash amalga oshirilmoqda:

Ta’lim yoʻnalishlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • filologiya va tillarni oʻqitish: ingliz tili;
  • filologiya va tillarni oʻqitish: nemis tili;
  • oʻzga tilli guruhlarda rus tili
  • iqtisodiyot(tarmoqlar va sohalar boʻyicha)
  • buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar boʻyicha)
  • tarix (mamlakatlar va yoʻnalishlar boʻyicha)
  • psixologiya (faoliyat turlari boʻyicha).


Ma’mun universitetida 7 000 dan ortiq talabalar uchun yaxshi ilmiy va ta’lim muhiti yaratilgan. Universitet talabalar uchun 9 ta bakalavr ta’lim dasturlari boʻyicha filologiya, iqtisodiyot, tarix, psixologiya bilim yo‘nalishlari bo‘yicha oʻquv dasturlarini taqdim qiladi.


Universitetda Xorazm tarixi va madaniyati, Mintaqada innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirish, Qiyosoiy tilshunoslik sohalarida boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib boriladi.

Ma’mun universiteti taʼlim, ilmiy tadqiqot faoliyatida Rossiya Federatsiyasining kichik turistik shaharlari uyushmasi, Rossiya davlat Boshqaruv universiteti, A.S.Pushkin nomidagi Leningrad davlat universiteti, Altay davlat Pedagogika universiteti, Istanbul MEDIPOL Universiteti, Turkiya DIJLE Universiteti, Bartin university SIIRT universiteti, Nizomi Ganjavi nomidagi NANA adabiyot instituti, Belorus milliy texnika universiteti, P.M. Masherov nomidagi Vitebsk davlat universiteti, Belarus davlat oziq-ovqat va kimyo texnologiyalari universiteti, X.Doʻsmuxamedov nomidagi Otrov universiteti, Jumabek Axmetuliy Toshenev nomidagi universitet, Shimoliy Kavkaz davlat akademiyasi, Belgiya taʼlim kengashi kabi ta'lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik qiladi[3].


Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Oliy ta'lim muassasalari ro'yxati“ (uz). Qaraldi: 30-mart.
  2. „Nodavlat ta'lim tashkilotlari“ (uz). Qaraldi: 30-mart.
  3. „Xalqaro hamkorlik“ (uz). Qaraldi: 30-mart.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]