Kontent qismiga oʻtish

Ma’mur Ahliddinov

Vikipediya, erkin ensiklopediya


Maʼmur Ahliddinov
Tavalludi 13-yanvar 1979-yil (1979-01-13) (45 yosh)
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Taʼlimi Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti
Kasbi Jurnalist
Millati Oʻzbek
Dini Islom

Maʼmur Ahliddinov — Bloger,Oʻzbekiston Karlar jamiyati aʼzosi. Oʻzbekistondagi Imkoniyati cheklangan va eshitish qobiliyatini yoʻqotgan shaxslar muammolarini oʻz blogida yoritib keladi. „Maktabgacha taʼlim metodikasi va nazariyasi“ jurnali tahririyati matbaa boʻlimi mudiri sifatida faoliyat yuritadi. 2016—2017-yillarda AQShning Nyu-York shahridagi LaGuardia jamoatchilik kollejida ingliz tili va Amerika imo-ishorasi kurslari oʻquvchisi boʻlgan. Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabasi.[1]

Tarjimai holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maʼmur Ahliddinov 1979-yilning 13-yanvar kuni Qozog'istonning Jetisay viloyatida tugʻilgan. 5 yoshida oilasi bilan Oʻzbekistonning Jizzax viloyatiga koʻchib oʻtgan. Bolalaligi Jizzaxda oʻtgan. Yoshligida tish shifokorining xatosi tufayli eshitish qobiliyatini yoʻqotgan.[2] 2016—2017-yillarda AQShning Nyu-York shahrida joylashgan LaGuardia jamoatchilik kollejida ingliz tili va Amerika imo-ishorasi kurslarida tahsil olgan. 2016-yildan beri eshitish imkoniyatini yoʻqotgan insonlar muammolarini yoritish bilan shugʻullanadi[3]. 2019-yildan Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabasi.