Kontent qismiga oʻtish

Macintosh Classic

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Macintosh Classic
Mahsulot oilasi Compact Macintosh
Turi Hammasi bittada
Operatsion tizimi
Protsessor Motorola 68000 8 MHz[1]
Xotirasi 1 MB, 4 MB gacha kengaytirilishi mumkin (RAM kartasi talab qilinadi); 120 ns, 30 pinli DRAM chiplari talab qilinadi[2]

Macintosh Classic — bu 1990-yil oktyabrdan 1992-yil sentyabrgacha Apple Computer tomonidan ishlab chiqarilgan va 1000 AQSh dollaridan[3] sotilgan birinchi Macintosh shaxsiy kompyuterlari .

Macintsoh Classicni ishlab chiqarilishiga asosiy turtki sifatida unadan avvalgi ilk Macintosh 128K, keyin Macintosh Plus va nihoyat Macintosh SE ning muvaffaqiyatli sotuvi sabab boʻlgan. Macintosh Classic tizim xususiyatlari avvalgilariga juda oʻxshash boʻlib, xuddi oʻsha monoxrom CRT displey, 512×342 pixel oʻlchamlari va eski Macintosh kompyuterlarining 4 megabayt xotira chegarasi[1] bilan jihozlangan. Apple kompaniyasining MacintoshClassicni yangiroq protsessori, yuqori RAM sigʻimi yoki rangli displey kabi yangi texnologiyalar bilan yangilamaslik haqidagi qarori jurnalistlar va xaridorlarning tanqidlariga sabab boʻladi. Macworld uni past narxidan tashqari maqtanadigan hech narsa yoʻq va gʻayrioddiy emas deb taʼriflaydi[4]. Biroq u Macning oʻsha paytdagi sogʻlom dasturiy taʼminot bazasi bilan mosligini taʼminlaydi va rejalashtirilganidek uni arzonroq narxda sotishga imkon berar edi. Shuningdek Applening past darajadagi Mac kompyuterlari sifatida almashtirilgan eski Macintosh Pluysga nisbatan bir qancha yaxshilanishlarga ega ham edi. Macintosh SE30 va undan oldingi boshqa ixcham Maclardan farqli oʻlaroq, Macintosh Classicda ichki protsessorning toʻgʻridan-toʻgʻri joylashuvi yoʻq boʻlgan, bu esa uni Macintosh Plusdan keyingi birinchi kengaytirilmaydigan ish stoli kompyuterga aylantirgan.

1985-yilda Apple asoschisi Stiv Djobs Apple kompaniyasini tark etgach, mahsulotni ishlab chiqarish avvalroq Apple France boshqaruvchisi boʻlgan Jan-Lui Gasseega topshiriladi. Gassée doimiy ravishda Apple mahsulot liniyasini ikki yoʻnalishda, kengaytirilishi va oʻzaro muvofiqligi nuqtai nazaridan koʻproq ochiqlikka va yuqori narxga eʼtibor berishiga olib keladi. Gassee uzoq vaqt davomida Apple kompaniyasi daromadlari past boʻlgan kompyuter bozorining past qismini maqsad qilib qoʻymasligini, aksincha yuqori daromad darajasiga eʼtibor qaratish kerakligini taʼkidlaydi. U konsepsiyani pastki chap tomonda past quvvatli, arzon qurilmalar va yuqori oʻng tomonda yuqori quvvatli hamda yuqori xarajatli qurilmalari boʻlgan kompyuterlarning narxlari va ishlash nisbatlarini koʻrsatadigan grafik yordamida tasvirlab beradi[5].

Yuqori oʻng siyosat doimiy ravishda oʻsib borayotgan narxlarga ega boʻlgan bir qator mahsulotlar ishlab chiqarishga olib keladi. Makintoshning asl rejalari taxminan 1000 dollarni tashkil etgan tizimni talab qilar edi, biroq bu vaqtga kelib u Jef Raskinning matnli hujjatlarni tuzish uchun ishlatish uchun qulay mashina haqidagi asl tasavvuridan Xerox PARC safari chogʻida toʻplangan gʻoyalarni oʻzida mujassam etgan Jobs konsepsiyasiga aylandi. Bu siyosat ortidan yangi Maclarning roʻyxatidagi narxi 2 495 dollargacha koʻtariladi[6].

Bozorning „past chap tomoni“ bilan u yillar oldin Turbo XTlarning jadal rivojlanishidan voz kechgan va Sun Microsystems va SGI kabi UNIX ish stantsiyalari uchun yuqori darajadagi eʼtiborga olinmaganligi sababli, Apple kompaniyasining 1980-yillardagi muvaffaqiyati tezda oʻzgarib ketadi. 1989-yilga kelib sotuvlar soʻnggi yillarda birinchi marta pasaydi va bu chorakda Apple aksiyalari narxi 20 foizga tushib ketadi[7].

1990-yil yanvar oyida Gassee isteʼfoga chiqadi va uning mahsulot ishlab chiqarish boʻyicha vakolatlari bir nechta ijrochilar oʻrtasida taqsimlandi[7]. Koʻpgina Apple muhandislari bozor ulushini oshirish va butun narx spektrida talabni oshirish uchun uzoq vaqtdan beri arzonroq variantlarni talab qilishar edi. Gasséening kompaniyadan ketishi bilan bir qator arzon mashinalarni tezda joriy qilish boshlandi. 1000 dollarga moʻljallangan juda arzon mahsulot, rangli grafikali arzon mahsulot va kichik biznesda foydalanish uchun yanada yuqori sifatli rangli mahsulotlari bozorning uchta asosiy mahsulotlari sifatida koʻriladi. Vaqt oʻtishi bilan ular Classic, Macintosh LC va Macintosh IIsi sifatida rivojlanadi[7].

Ishlab Chiqarilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

MacWEEK jurnalida 1990-yil 10-iyulda Apple kompaniyasi Daimler-Benz AG shoʻba korxonasi Modular Computer Systems Incga besh yillik shartnoma doirasida „Macintosh Classic“ nomidan foydalanish huquqi uchun 1 million dollar toʻlagani haqida xabar chiqadi[8]. Apple shartnomani muddati tugagach uni uzaytirmaslikga qaror qiladi[9].

1990-yil 15-oktyabrda Jon Skulli (oʻsha paytda Apple bosh direktori) matbuot anjumanida Macintosh classikni taqdim etadi va narxi 1000 dollardan boshlanishini eʼlon qiladi[10]. Jon Skulli buni shunday izohlaydi „Yangi mijozlarga erishish uchun biz shunchaki oʻz mahsulotlarimiz narxini pasaytirganimiz yoʻq va biz ushbu kompyuterlarni boshidan boshlab, mijozlar bizga eng koʻp qadrlaydigan xususiyatlar bilan qayta loyihalashtirdik“[11]. Apple kompaniyasining yangi narx strategiyasi investorlarni xavotirga soladi, ular bunday siyosat foyda darajasini kamaytiradi deb hisoblashgan[12]. Apple mahsulot marketingi boʻyicha menejeri Brodi Keast „Biz Macintosh yordamida koʻproq mijozlarga erishish uchun hamma narsani qilishga tayyormiz. Narx boʻyicha biz qanchalik agressiv boʻlish kerak boʻlsa shunchalik agressiya koʻrsatishimiz kerak“ deb taʼkidlaydi[12]. Macintosh Classic ishlab chiqarilgandan soʻng, Apple aktsiyalarining narxi har bir aksiya uchun 27,5 dollarni tashkil etgan.

Macintosh Classic Amerika Qoʻshma Shtatlarida ishlab chiqarilgani bilan bir vaqtning oʻzida Yevropa va Yaponiya bozorlarida paydo boʻlgan. Yaponiyada 198,000 ¥ yendan sotilgan bu taxminan 1523$ AQSH dollarga toʻgʻri kelar edi. Bunday narx AQShdagidan[13] koʻproq boʻlsada oʻsha paytlarda Yaponiyada sotilgan Toshiba Dynabook noutbukining narxiga mos kelar edi[13].

Macintosh Classicni birinchi marta xaridorlarga sotish uchun AQSh$40 million sarflaganidan soʻng[14], Apple yuqori talabni qondirishda qiyinchiliklarga duch keladi[15]. Apple 1990-yilda Macintosh Classic yigʻilgan Singapur va Kork, Irlandiyadagi zavodlarini kengaytirib, ishlab chiqarish miqyosini ikki baravarga oshiradi[15]. Yetkazib berishni tezlashtirish uchun dengiz orqali tashishdan koʻra samolyotlar orqali yetkazish berish usulini afzal koʻrgan[15]. Mahsulot taqchilligi dilerlarda xavotir uygʻotardi, ular Appleʼning notoʻgʻri biznes siyosatida ayblaydilar[14].

Macintosh Classics va LClar Scholastic Software 12 ga berilgan edi. Ular rasman eʼlon qilinishidan bir necha hafta oldin[16] va Scholastic 16 ni chiqarishni rejalashtirgan edi. 1991-yilda yangi Macintosh mahsulotlari[16] Scholastic nashriyotchisi Peter Kelman Makintosh „90-yillarning maktab qurilmasi“ga aylanishini bashorat qilgan edi[16]. Macintosh Classics maktablarga 800 AQSH dollaridan sotilgan[10]. Unda taʼlim dasturiy taʼminotining mavjudligi Macintosh Classicsni taʼlim sohasida mashhur boʻlishiga olib keladi[17].

Xususiyatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1500 dollarlik modelda 2 MB xotira va 40 MB qattiq disk, Past-end modeli, 1MB lik xotira, 1,44 MB floppi, qattiq disksiz va 999 dollarlik klaviatura bilan birga sotilgan. Macintosh Classic Macintosh Plusga nisbatan 25 % gacha tezroq va bir nechta yaxshilanishlarga ega boʻlib, u Applening past darajadagi Mac kompyuteri sifatida koʻrila boshladi[2]. Macintosh Classic taxminan SEʼga teng[4] va standart sifatida Apple SuperDrive 3,5 dyuymli floppi diskini oʻz ichiga olar edi[18]. SuperDrive Macintosh, MS-DOS, OS/2 va ProDOS disklarini oʻqishi va yozishi mumkin edi[18]. Macintosh Classic shuningdek, faqat xotira uchun (10 MB gacha) va/yoki 68882 FPU uchun moʻljallangan kengaytirish xususiyatiga ega edi.

Macintosh Classic tizim 6.0.7 operatsion tizimidan foydalanadi va tizim 7.5.5 gacha boʻlgan barcha versiyalarni qoʻllab-quvvatlaydi. Faqat oʻqish uchun moʻljallangan xotirada (ROM) joylashgan yashirin ierarxik fayl tizimi (HFS) disk hajmi tizim 6.0.3 ni oʻz ichiga oladi[19]. Mac Classicni 6.0.3 tizimiga bosib ushlab turish tugmalari orqali yuklash mumkin boʻlgan[19].

Baʼzi modullari esa Macintosh Classic bilan Smartbundle deb nomlangan dasturiy taʼminot toʻplamini oʻz ichiga olgan[20]. Shuningdek u 349 dollarga alohida sotiladi, bunga T/Maker’ning WriteNow matn protsessori, Ashton Tateʼning Full Impact elektron jadval dasturi, Record Holder Plus maʼlumotlar bazasi va Silicon Beach Softwareʼning SuperPaint 2.0 boʻyash va chizish dasturlarini qoʻllagan[20].

Apple Keyboard II Macintosh Classicning standart klaviaturasi.

Macintosh Classic bu Jerry Manock va Terry Oyamaning Macintosh 128K sanoat dizaynining yakuniy moslashuvi boʻlib, Macintosh SE dizaynida qoʻllangan Snow White dizayn tilining ozgina qismini saqlab qolgan holda asl nusxaning baʼzi elementlarini qaytargan[21]. Macintosh Classicda SE ning oʻziga xos oldingi ramka chiziqlari ishlatilmadi va uning poydevori atrofidagi vertikal tuynuklar toʻrtta gorizontal shamollatish tuynuki bilan almashtiriladi, bu esa original dizaynni eslatagan[21]. Bundan tashqari, old panelning egri chizigʻi bir xil Macintosh LC va Macintosh IIsi old tomonidagi kabi radial egri chiziqlari bilan bir xil edi[21]. Dasturiy taʼminotni boshqarish foydasida ushbu ramkadagi ekran yorqinligini teskari belgisi ham olib tashlanadi. Ushbu keng, egri old ramka 1990-yillarning koʻp qismida Apple mahsulot dizaynining imzosiga aylangan[21].

Kompyuterning markaziy elektron platasi Macintosh SE dizayniga asoslangan[22]. Biroq uning oʻlchami sirt oʻrnatish texnologiyasi[22] SE platasining yarm kattaligi 23×13 sm dan 9×5 sm gacha qisqartiriladi. Ushbu qayta loyihalash va kengaytirish uyalarining yoʻqligi ishlab chiqarish xarajatlarini past darajada ushlab turdi[22]. Kengaytirish qobiliyatining yetishmasligi, kichik ekran oʻlchami va ish stoli nashrida Makintoshning mashhurligi bilan bir qatorda, oʻzlarining Macga kattaroq toʻliq yoki ikki sahifali displeyni ulashga intilayotgan foydalanuvchilar tomonidan SCSI porti orqali ulangan video displeylar kabi gʻalati holatlarga olib kelar edi. Macintsoh Classic dizayni yana bir bor 1991-yilda uning oʻrniga ishlab chiqarilgan Classic II uchun ishlatilgan[21].

Texnik xususiyatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Komponent Spetsifikatsiya[1]
Displey 9-inch (23 cm) monoxrom CRT displey, 512 ×342 piksel oʻlchamlari
Doimiy xotirasi 40 MB SCSI qattiq disk ixtiyoriy, oʻrnatilgan SuperDrive 3.5 floppy diskda
Protsessor 8 MGts Motorola 68000
M’alumot almashish tezligi 8 MGts
Tezkor xotirasi 1 MB, 2 yoki 4 gacha kengaytirilishi mumkin MB yordamida 120 ns 30-pinli SIMM va ixtiyoriy maxsus RAM-uyasini kengaytirish kartasi
Faqat oʻqish uchun xotira 512 KB
Tarmoqqa ulanish AppleTalk
Batareya 3.6 V lityum
Oʻlchamlari
  • 13.2 in × 9.7 in × 11.2 in (340 mm × 250 mm × 280 mm) (height by width by depth)
  • 16 lb (7.26 kg)


Port ulanishlari


Kengaytirish uyalari yoʻq
Audio 8 bitli mono 22 kHz
Gestalt ID 17 (kompyuter identifikatsiya kodi)
Kod nomi XO[23]
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 „Macintosh Classic: Technical Specifications“. support.apple.com (26-iyul 2017-yil). 2013-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-sentabr 2022-yil.
  2. 2,0 2,1 Pogue, David. MacWorld Mac Secrets, 5th Edition. IDG Books, 1999 — 462–463-bet. ISBN 0-7645-4040-8. 
  3. Ould, Andrew. Mac Classic to debut at under 3,000.. PC Week (6-avgust 1990-yil), s. 17.
  4. 4,0 4,1 Poole, Lon (1990-yil dekabr). „Review – Mac Classic“. MacWorld Magazine. 176–179-bet. {{cite magazine}}: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date= (yordam)
  5. Carlton, Jim. Apple: The inside story of intrigue, egomania, and business blunders. New York: Random House, 1997 — 79–80-bet. ISBN 0-8129-2851-2. 
  6. Levy, Steven. Insanely Great: The life and times of Macintosh, the computer that changed everything. New York: Viking, 1994 — 111-bet. ISBN 0-670-85244-9. 
  7. 7,0 7,1 7,2 Carlton. Apple: The inside story of intrigue, egomania, and business blunders, 1997 — 117–129-bet. 
  8. Farber, Daniel. Apple shells out 11 million for 'Classic' name. MacWEEK (21-iyun 1080-yil), s. 1.
  9. Linzmayer, Owen W. Apple Confidential, 1st, No Starch Press, 1999 — 208-bet. ISBN 1-886411-31-X. 
  10. 10,0 10,1 Hertzberg, Lanny. New Macs from Apple. Electronic Learning (november–december 1990), s. 6. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "pricing" defined multiple times with different content
  11. Apple Computer: lower cost Mac PCs target new customers. 50 percent less for entry-level system.. EDGE: Work-Group Computing Report (22-oktabr 1990-yil), s. 3.
  12. 12,0 12,1 Apple Unveils Low-Cost Macs. Albany Times Union (16-oktabr 1990-yil).
  13. 13,0 13,1 Yazawa, Naoyuki. Japan: Apple prices new Macs, cuts old prices. Newsbytes (Newswire) (18-oktabr 1990-yil).
  14. 14,0 14,1 Zachary, G. Pascal. Demand turns new Macintosh into rare Apple. Wall Street Journal (Western Edition) (21-noyabr 1990-yil).
  15. 15,0 15,1 15,2 Borrell, Jerry. How does Apple deal with success? In fiscal 1991 Apple Computer will ship over 1 million Macintoshes. Macworld (1991-yil mart), s. 23.
  16. 16,0 16,1 16,2 „Macs for the masses“. Compute!. 13-jild, № 4. 1991-yil aprel. 26-bet. {{cite magazine}}: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date= (yordam)
  17. Krey, Michael. Classic is on backorder. The Business Journal (25-mart 1991-yil), s. 18.
  18. 18,0 18,1 „Macintosh Classic: Description (Discontinued)“. Apple Inc. (2-iyun 1994-yil). 2010-yil 16-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-aprel 2008-yil.
  19. 19,0 19,1 Aker, Sharon. The Macintosh Bible 8th Edition. Peachpit Press, 1998 — 58-bet. ISBN 0-201-87483-0. 
  20. 20,0 20,1 Schafer, Liza. Apple Macintosh Classic 2/40 – Hardware Review. Home Office Computing. BNET (1991-yil aprel), s. 2.
  21. 21,0 21,1 21,2 21,3 21,4 Kunkel, Paul. Appledesign: The Work of the Apple Industrial Design Group. Watson-Guptill, 1997 — 75-bet. ISBN 1-888001-25-9.  Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "appledesign" defined multiple times with different content
  22. 22,0 22,1 22,2 „Macintosh Classic Computer Developer Note“. Developer Technical Publications. Apple Computer (1990). 2008-yil 24-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-may 2008-yil.
  23. Linzmayer, Owen W. Apple Confidential, 1st, No Starch Press, 2003 — 27-bet. ISBN 1-886411-31-X.