Kontent qismiga oʻtish

Madaklashtlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Madaklashtlar (madaklashti) — Pokiston shimolidagi Haybar-Paxtunxva viloyatining Chitral tumanidagi Madaklasht vodiysi va uning atrofida yashovchi, kelib chiqishi tojiklarga borib taqaluvchi mahalliy etnik-lingvistik jamoa. Ular Madaklasht shevasida gapirishadi. Ayrim tilshunoslar bu shevani dariy yoki tojik tilining dialekti[1] deyishsa, boshqalar, shu jumladan madaklashtlarning oʻzlari ham Gʻarbiy Eron tarmogʻining mustaqil tili deb hisoblaydi[2]. Ular Islomning ismoiliya mazhabida[3]

Hozirgi madaklashtlarning ajdodlari Afgʻonistonning shimoli-sharqiy hududlaridagi tojik tilida soʻzlashuvchi viloyatlardan ikki yarim asrdan koʻproq vaqt oldin Chitralga koʻchib kelgan[4]. Oʻshandan beri ular boshqa fors shevalaridan uzoqda yakkalanib qolgan holda istiqomat qilib keladi hamda yangi qoʻshnilari — Kxo, Gujar va pushtunlar taʼsiriga tushishgan. Aynan shu omillar Madaklasht xalqining oʻziga xosligini shakllantirishga va ham tojiklardan, ham Chitralning mahalliy xalqlaridan ajratib koʻrsatilishiga imkon beradi[5].

  1. „Brief descriptions of the Languages spoken in Chitral“. University of Chitral. 2022-yil 9-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-fevral.
  2. Kreutzmann 2017.
  3. „Madaklasht village of Ismaili Muslims sets an example of communal tolerance, harmony“. IsmailiMail (2014-yil 9-iyun). Qaraldi: 2022-yil 10-fevral.
  4. Israr 1969.
  5. Akhunzada 2018.