Kontent qismiga oʻtish

Madapolam

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Madapolam (Hindistondagi joy nomidan) — polotno oʻrilish va ip gazlama; oq surp. Oʻngi silliq, yaltiroq boʻladi, barmoqlar bilan paypaslab koʻrilganda dagʻalroq tuyuladi. M. uchun xom surp (xom ashyo) sifatida mitkaldan foydalaniladi. Uni oqartirib, appretlab (pardoz eritmalari shimdirib) va yaltiratib (stearin, parafin va asalari mumi surkab) M. hosil qilinadi. M. dan ichki kiyim, choyshab, yostiq jildi va boshqa tikiladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil