Kontent qismiga oʻtish

Madrasa Shohiy

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Madrasa Shohiy
Asos solingan sanasi 1879 (144 yil avval) (1879)
Manzili
Lal Bagʻ Chorraha, Fayiz Ganj
,
Uttar-Pradesh
,
Hindiston
Veb-sayti www.madrasashahi.com madrasashahi.com/ www.madrasashahi.com

Madrasa Shohiy (muqobil nomi bilan Jamiya Qasmiya nomi bilan tanilgan) – Uttar-Pradesh shtatining Moradobod shahridagi islom seminariyasi. U 1879-yilda islom olimi Muhammad Qosim Nanautaviy rahbarligida Moradobodning kambagʻal musulmonlari tomonidan tashkil etilgan. Nanutaviy Dorul Ulum Deobandni ham taʼsis etgan. Bu Madrasatul Gʻuraba nomi bilan atalgan, ammo Madrasa Shohi sifatida eʼtirof etilgan. Uning birinchi mudiri Ahmad Hasan Amrohiy boʻlgan.

Madrasa Shohiy 1879-yilda Muhammad Qosim Nanautavi taklifi bilan Morodobodning kambagʻal musulmonlari tomonidan tashkil etilgan[1][2]. Shu tariqa u „Madrasatul Gʻuraba“ (Kambagʻallar maktabi) nomi bilan mashhur boʻlib, uning birinchi mudiri etib Ahmad Hasan Amrohiy tayinlanadi[3]. U yerda yetti yil xizmat qilgan va oʻsha yillarda Abdurahmon Siddiqiy Amrohiy, Abdugʻani Falavdiy, Muhammad Yahyo Shohjahonpuriy va Xodim Husayn Amrohiy kabi olimlar madrasani tamomlaydilar[3]. Madrasa Shohiy Dorul Ulum Deoband yoʻnalishida tashkil etilgan[4]. Hukumatdan hech qanday yordam qabul qilmaydi[4].

Madrasa Shohiyga dastlab Rashid Ahmad Gangohiy homiylik qilgan[5]. Keyinchalik uning homiylari orasida Mahmud Hasan Deobandi, Husayn Ahmad Madaniy, Sayid Faxruddin Ahmad, Sayid Muhammad Miyan Deobandi, Muhammad Zakariya Kandlaviy va Asad Madaniylar ham qoʻshilgan[5]. 2021-yildan boshlab Arshad Madani muassasa homiyligini zimmasiga olgan[5].

Taklif etiladigan kurslar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Seminariyada dars-e-nizomiy (alim kursi), xattotlik, islom fiqhi (muftiylik), Qur’on yod olish, qiroat, arab tili va adabiyoti boʻyicha ixtisoslik kurslari mavjud[6].

Madrasa Shohiy 1990-yildan beri har oylik urducha "Nidā-e-Shahi" jurnalini nashr etadi[7]. "Tarix-e-Shahiy raqami", "Haj-o-Ziyorat soni" va "Naat-un-Nabiy soni" madrasaning bir nechta tarixiy hujjatli nashrlari hisoblanadi[7].

Bitiruvchilari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ism Faoliyati Manba
Abu Salmon Shohjahanpuriy Pokistonlik tarixchi va tadqiqotchi. [8]
Athar Ali Bengal (1891-1976) U Bangladeshlik din olimi va Pokiston mustaqillik harakatida ishtirok etgan siyosiy faol. U Nizomi Islom partiyasining asoschisi boʻlgan.
Hofiz Muhammad Ahmad Dorul Ulum Deoband rektori. [9]
Xifzur Rahman Seoxarviy Hindiston ozodlik kurashi faoli. [10]
Kifoyatulloh Dehlaviy Jamiyat Ulama-e-Hindning birinchi prezidenti. [11]
Muhammad Ismoil Katkiy (1914–2005) U Hindistondagi, xususan, Orissa shtatidagi Xatme Nabuvat harakati bilan bogʻliq aloqador boʻlgan shaxs. [12]
Muftiy Mahmud Pokistonlik siyosatchi va Xayber Paxtunxvaning sobiq bosh vaziri. [13]
Nizomuddin Asir Adraviy Hind tarixchisi va yozuvchisi. [14]
Qozi Athar Muborakpuriy Hind tarixchisi va yozuvchisi. [15]
Said Ahmad Akbarobodiy Aligarh musulmon universiteti ilohiyot fakultetining sobiq dekani. [16]
  1. Syed Mehboob Rizwi. History of The Dar al-Ulum Deoband (en). Darul Uloom Deoband: Idara-e-Ehtemam — 361-bet. 
  2. Imdadul Haq Bakhtiyār. „سید العلماء قاسم ثانی حضرت مولانا سید احمد حسن محدث امروہیؒ:حیات وخدمات“ (ur). Baseeratonline (2021-yil 16-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 20-iyul.
  3. 3,0 3,1 Fareedi, Naseem Ahmad. Sawaneh Ulama-e-Deoband (ur) Deobandi: . Deoband: Nawaz Publications, January 2000 — 372-bet. 
  4. 4,0 4,1 Amini 2017.
  5. 5,0 5,1 5,2 „PATRONS OF DARUL-ULOOM SHAHI“. MadrasaShahi.com. 2021-yil 23-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 2-iyun.
  6. „Faculties of the Institution“. MadrasaShahi.com. 2021-yil 3-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 1-iyun.
  7. 7,0 7,1 Qasmi 2013.
  8. „اردو کے ممتاز محقّق اور مضمون نگار ابو سلمان شاہ جہاں پوری انتقال کرگئے“. ARY News (2021-yil 2-fevral). Qaraldi: 2021-yil 20-may.
  9. Syed Mehboob Rizwi. History of The Dar al-Ulum Deoband (Volume 2), 1981, Idara-e-Ehtemam, Dar al-Ulum Deoband — 37–38, 170–174-bet. Qaraldi: 2020-yil 9-may. 
  10. „Maulana Hifzur Rahman and his Qasas-ul-Qur'an“. www.arabnews.com. Qaraldi: 2021-yil 20-may.
  11. Mufti Azam Hind, Maulana Kifayatyullah Shahjahanpuri Thumma Dehlawi, 2005, Khuda Bakhsh Oriental Library. 
  12. Mansoorpuri, Muhammad Salman „Hazrat Maulana Sayed Muhammad Ismail Sahab Katki“, . Zikr-e-Raftagan (ur). Lalbagh, Moradabad: Al Markaz Al Ilmi Lin Nashri Wat Tahqeeq, April 2020 — 16-17-bet. 
  13. Muḥammad Jahān Yāqub. „مفتی محمود…ایک عہد ساز شخصیت“. Baseerat Online. Qaraldi: 2021-yil 20-may.
  14. „مشہور مؤرخ اور درجنوں کتابوں کے مصنف مولانا اسیر ادروی نہیں رہے“ (ur). Baseerat Online (2021-yil 20-may). Qaraldi: 2021-yil 20-may.
  15. Hassan, Mohd Amirul. Contribution Of Qazi Athar Mubarakpuri to Arabic Studies: A Critical Study. (PhD thesis). Aligarh Muslim University, 2010 — 15-bet. Qaraldi: 2021-yil 20-may. 
  16. Mufti Ubaid Anwar Shah Qaiser „Maulana Saeed Ahmad Akbarabadi: Ek Sahib-e-Qalam Shakhsiyat“, . Nida'e Darul Uloom Waqf, Rabi-ut-Thaani, 1438 (ur), Darul Uloom Waqf, Deoband — 49–53-bet. 
  • Amini, Nur Alam Khalil „Hadhrat Mawlānā Sayyid Muḥammad Miyān Deobandi thumma al-Dehlawi“, . Pas-e-Marg-e-Zindah, 5 (ur), Deoband: Idara Ilm-o-Adab, February 2017 — 37–107-bet. 
  • Qasmi, Nayab Hasan. Darul Uloom Deoband Ka Sahafati ManzarNama (ur). Deoband: Idara Tehqeeq-e-Islami, 2013.