Madridcha ichak-chavoq
Madridcha ichak-chavoq (ispancha: callos a la madrileña) Madrid oshxonasiga xos boʻlgan issiq va yuqori kaloriyali taomi boʻlib, ayniqsa qishda koʻp tayyorlanishi bilan mashhur[1]. Mayda boʻlaklarga kesilgan mol (buzoqniki boʻlsa yanada yaxshi) yoki qoʻy ichak-chavoqlari chorizo, morcilla va jamon boʻlaklari bilan dimlangan taomdir[2]. U oʻziga xos oʻtkir taʼmga ega. Ayrimlar, taomning shu jihati chet elliklarga maʼqul kelmasligi mumkinligini aytishadi[3].
Madridcha ichak-chovoq Ispaniya poytaxtining koʻplab bar va restoranlarida ikkinchi taom sifatida chuqur sirlangan sopol idishlarda yoki alkogolli ichimliklarga gazak, yaʼni tapas sifatida beriladi. Bir kun pishirilgan taom eng mazalisi hisoblanadi. Taomni oq nonni sousga botirib isteʼmol qilinadi[4]. Taom bilan qizil va oq sharob qoʻshib beriladi. Ispaniyaning boshqa hududlarida ham shunga oʻxshash ichak-chavoqdan taomlar tayyorlanadi: Asturiyada taomga mahalliy morsilla, Kataloniyada — noʻhat qoʻshiladi. Madrid oshxonalartidagi yana bir mashhur turi bu — Madrid kosidosi.
Taomning kelib chiqishi haqida aniq maʼlumot yoʻq esa-da, 1599-yilgaga tegishli boʻlgan reseptlar saqlanib qolgan. Mateo Alemanning „Guzman de Alfarache“ romanida ichak-chavoqdan pishirilgan taom yodga olingan. Taom resepti 1607-yilda oshpaz Domingo Ernandes de Maceras tomonidan „mol ichak-chavogʻidan tayyorlangan taom“ nomi bilan pishirilgan. Madridcha ichak-chavoq tarixi qovoqxonalarda boshlangan va ularni eng nufuzli restoranlarga aylanishiga sabab boʻlgan. XIX asrda u Madriddagi nufuzli fransuz restorani Lardida ham pishirilgan[5][6].
Ichak-chavoqlarni Madridcha usulda pishirish uchun masalliqlar past olovda shirin qalampir (paprika), tomat sousi, sarimsoq piyoz va rizavorlar: chinnigul urugʻi, dafna yaprogʻi, muskat yongʻogʻi, zira, rozmarin bilan birga uzoq dimlanadi. Ichak-chavoqdagi liqildoq modda (jelatin) sousga ajralishi va barcha masalliqlarga teng yoyilishi kerak. Madridcha ichak-chavoq masalliqlarining unchalik ham qimmat emasligi tufayli ancha arzon taom hisoblanadi. Ammo pishirish vaqti uzoq boʻlganligi sababli Madridcha ichak-chavoqni uyda tayyorlash mushkullik tugʻdiradi. Supermarketlar xaridorlarga tayyor Madridcha ichak-chavoqlarni taklif qiladi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Peter Stone, (2009), "Frommer’s Madrid", Frommer, 3ª ed. ISBN 0-470-38703-3
- ↑ José del Corral, (2000), „Ayer y hoy de la gastronomía madrileña“, Madrid
- ↑ Calvin W. Schwabe, (1979), "Unmentionable cuisine", University Press of Virginia, ISBN 0-8139-1162-1
- ↑ Callos a la madrileña ¡Para mojar pan!(isp.)
- ↑ Ángel Muro, (1982), „Practicón“, TusQuets, ISBN 84-7223-813-X
- ↑ José Altabella, 1978, "Lhardy. Panorama histórico de un restaurante. romántico 1839—1978"",Imprenta Ideal