Mafkuraviy tasavvur
Mafkuraviy tasavvur-mafkuraviy taʼsirning inson ongidagi inikosi. Bunday inikos turli shakllarda oʻz ifodasini topadi va inson xotirasida uzoq vaqt saqlanib qoladi. Ushbu mafkuraviy obrazlar insonning kundalik amaliy faoliyatida oʻz ifodasini topadi. Mafkuraviy tasavvur ijtimoiy ongning elementi boʻlib, mafkuraviy faoliyatning maʼnosi va mazmunini ijtimoiy voqealikning xayoliy obrazi bilan bogʻlaydi. Ayni paytda mafkuraviy faoliyat, xayoliy obrazlar bilan yaqindan ish koʻrish, oʻzaro aloqadorlik mexanizmini yaratish imkonini beradi. Mafkuraviy tasavvur ijtimoiy muxitning taʼsiri ostida odamlar koʻrsatgan turli-tuman faoliyat tufayli xosil boʻladi. Bunday holat jamiyatda hamisha bir maqsad tomon yoʻnaltirilgan mafkuraviy sistema mavjud ekanligdan dalolat beradi. Oʻz navbatida, xuddi shu xolat mafkuraviy tasavvur jamiyatda mavjud boʻlgan mafkuraviy sistema: mafkuraviy institutlar, mafkuraviy muassasalar mahsuli ekanligini inkor etmaydi. Mafkuraviy tasavvur hosil boʻlishida jamiyatda mavjud boʻlgan turli sinflar, tabaqalar, guruhlarning ijtimoiy tajribasi ham katta ahmiyatga ega. Ayni paytda mafkuraviy tasavvur boshqa mafkuraviy moddalarning zararli targʻibot va tashviqotlaridan himoya qiluvchi „buffer“ni ham bajaradi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |
- ↑ Falsafa qomusiy lug'at. Sharq-2004 — 75-bet.