Kontent qismiga oʻtish

Magiya

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Jodugarlik (Sehrgarlik) — xalq eʼtiqodiga koʻra, ayrim odamlarning ziyon yetkazish yoki undan xalos etish, kasalliklarni tuzatish borasidagi go‘yoki moʼjizaviy qobiliyati. J.ning paydo boʻlishi ibtidoiy din shakllari — animizm, fetishizm, ajdodlar ruhiga sigʻinish va boshqalar bilan bogʻliq. J.ka ishonish deyarli hamma xalqlarga xos. Etnograflar fikricha, ziyon yetkazadigan J.ning ijtimoiy asosi qabilalar oʻrtasidagi oʻzaro dushmanlikdan kelib chiqqan. Boshqa qabila kishisiga kasallik, oʻlim tilab afsun oʻqish, yovuz ruhlarga eʼtiqod qilishning manbalaridan biri boʻlgan. J.ga ishonish ayrim joylarda saqlanib qolgan. Oʻrta asrlarda Yevropada xristian cherkovida J — iblis xatti-harakatidir degan qarash mavjud boʻlgan. Cherkov va dunyoviy hokimiyat J.da shubha qilingan barcha kishilarni qattiq taʼqib etgan. Islomda J. va sehrgarlik bilan shugʻullanish ogʻir gunoh hisoblanadi.