Magmatik konlar
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Magmatik konlar - tarkibida kimmatli minerallar boʻlgan asosli va ishqorli magmaning sovib qotishi natijasida Yer qaʼrida shakllangan foydali qazilmalar uyumi. Bu uyumlar turli shakllarga ega va ularga yaqin magmatik togʻ jinslari orasida yotadi. Soviyotgan magmada qimmatli minerallarning toʻplanishi turli sabablarga asoslanadi. Magma soviyotganda oʻzaro aralashmaydigan ikki xil suyuklikka ajraladi, ulardan biri foydali qazilma moddalaridan iborat boʻladi. Bu jarayon likvatsiya deb ataladi va u likvatsion konlarni xrsil boʻlishiga olib keladi. Bularga sulfidli misnikel rudalari misol boʻladi. Magma kristallanishida qimmatli minerallar boshqa minerallardan oldinroq ajralib chiqib magmatik rezervaur tubiga choʻkadi va segregatsion konlarni yuzaga keltiradi. Bularga xrom, titan, temir rudalarining kichikroq konlari mansub.
Magmatik konlardan temir, titan, vanadiy, xrom, platinasimonlar, mis, nikel, kobalt, apatit, olmos, niobiy, sirkoniy konlari muhim ahamiyatga ega.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |