Magneto
Qiyofa
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Magneto — uzgaruvchan tok magnitoelektr generatori; ichki yonuv dvigatellarida yonilgʻi aralashmasini oʻt oldirish uchun elektr uchquni hosil qilib beradi. M.ning ishlash tarzi past kuchlanishli elektr toki hosil qilib, uni yuqori kuchlanishli tokka aylantirishi va koʻp silindrli ichki yonuv dvigatellarida bu tokni silindrlarning ishlash tartibiga muvofiq svechalarga taqsimlashi hamda svecha elektrodlari orasida elektr razryad hosil qilishidan iborat. M. porshenli aviatsiya dvigatellarida, baʼzi turdagi mototsikllarda, qayiqlarning osma dvigatellari va boshqalarda ishlatiladi. 20-asr 60-yillaridan ishlatilmaydi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |