Kontent qismiga oʻtish

Magnit gidrodinamika

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Magnit gidrodinamika - elektr oʻtkazuvchan suyuklik, gaz, plazma va suyuq metallarning magnit maydondagi harakati haqidagi fan; gidrodinamika va klassik elektrodinamikaning birlashuvidan rivojlangan fizika boʻlimi. Plazma (baʼzan M.g. ga plazma fizikasining boʻlimi sifatida qaraladi), suyuq metallar va elektrolitlar M.g. uchun xos boʻlgan obʼyektlardir.

M.g. boʻyicha birinchi tadqiqotlar M. Faradey zamoniga oid; fanning mustaqil sohasi sifatida esa M.g. astrofizika va geofizika talablari bilan bogʻliq ravishda 20-asrda rivojlana boshladi. Koʻplab kosmik obʼyektlar (mas, Quyosh, pulsarlar) kuchli magnit maydonlarga (bir necha ming E va undan koʻp) ega ekanligi aniqlandi. Magnit maydon energiyasining zichligi plazma zarralari kinetik energiyasining zichligi bilan taqqoslanarli boʻlib qolganligi (yoki undan oshishi) sababli, bunday maydonlarda joylashgan plazmaning dinamik tabiati radikal oʻzgaradi. Aynan ushbu mezon kuchlanganligi Yu-3 — 10~5E (yulduzlararo fazo, Yer maydonining atmosferaning yukrri qismida va undan tashqarida) boʻlgan magnit maydonlar uchun ham (agar zarralar konsentratsiyasi ular egallagan sohalarda kichik boʻlsa) oʻrinlidir.

M.g.ning asosiy holatlarini X. Alven ifodalagan. U oʻtkazgich muhitning magnit maydondagi alven toʻlqinlari deb nom olgan, oʻziga xos toʻlqinsimon harakatlari mavjud boʻlishini bashorat qilgan. Kosmik plazmaning tabiati haqidagi fan sifatida shakllana boshlagan M.g. usullari yer sharoitidagi oʻtkazgich muhitlarga ham yoʻnaltirildi. 20-asrning 50-yillari boshida M. g. va plazma fizikasining rivojlanishi boshqariluvchi termoyadro sintez muammolari boʻyicha milliy dasturlar tadqiqotlarining (Rossiya, AQSH, Buyuk Britaniya) rivojlanishiga kuchli turtki berdi. Bu muammodagi muhim masala plazma tokining magnit maydon bilan taʼsirlashishi asosida plazmani idish devoriga tegishidan saqlashdir. Magnitogidrodinamik generatorlar, plazma tezlatkichlar, plazma dvigatellar (yuritkichlar) va boshqa M.g.ning texnikada keng qoʻllanilishiga misoldir.

Ad.Alven G., Fel tham mar K. G., Kosmicheskaya elektrodinamika [per. s angl.], 2 izd., M., 1967.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil