Magnit milining ogʻishi
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Magnit milining ogʻishi - biror nuqtadan oʻtgan haqiqiy va magnit meridianlari orasida hosil boʻladigan burchak; Yerning geografik va magnit qutblari bir nuqtada yotmasligi tufayli sodir boʻladi. Magnit milining shim. uchi haqiqiy meridianga nisbatan sharqqa ogʻsa, Magnit milining ogʻishi o. musbat (sharqiy), gʻarbga ogʻsa Magnit milining ogʻishi o. manfiy (gʻarbiy) hisoblanadi.
Magnit milining ogʻishio. vaqt bilan bogʻliq oʻzgarib turadi. Oʻzgarish kunlik (15 min. atrofida), yillik (8 min. atrofida) va asriy boʻladi. Bunda ogʻishning toʻla oʻzgarishi 4 asrdan ortiqroq davrda amalga oshib, oʻnlab gradus qiymatni tashkil etadi. Topografik xarita varagʻida tasvirlangan hudud uchun Magnit milining ogʻishio.ning oʻrtacha qiymati xarita varagining jan. ramkasidan tashkarida yozib keltiriladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |