Kontent qismiga oʻtish

Magnit potensialometr

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Magnit potensialometr - magnit zanjirining ikki nuqtasi orasidagi "magnit potensiallari" farqini yoki magnit maydonining oʻrtacha kuchlanganligini va yopiq konturdagi toʻla magnit yurituvchi kuchni oʻlchashda ishlatiladigan asbob. U induksion, egiluvchan yoki qattiq oʻzak (karkas) ga ingichka sim chulgʻam bir tekis qilib oʻralgan induksion gʻaltak (maydon gʻaltagi) dan iborat. Turli shaklda (toʻgʻri, yarim halqa yoki halqa) boʻladi (rasm). Magnit potensialometr chulgʻamining uchlari oʻlchash asbobiga ulanadi. Oʻlchash asbobi sifatida ballistik galvanometr yoki mikrove-bermetr (doimiy magnit maydoni uchun), voltmetr yoki ossillograf (oʻzgaruvchan magnit maydoni uchun) dan foydalaniladi. Magnit potensialometr gʻaltagi oʻramining har bir qatlami va qadami bir xil qilib, har bir oʻrami magnitlanmaydigan materialdan (kichik oʻlchamda) yasaladi. Shunday shartlar kanoatlantirilgandagina Magnit potensialometr yordamida olingan natijalar aniq boʻlishi mumkin. Koʻpincha, Magnit potensialometr egiluvchan qilib yasaladi (shuning uchun katta yopiq halqa shaklida boʻladi). Bunday Magnit potensialometr bilan magnit zanjirining istalgan qismidagi "magnit potensiallari" farqini aniqlash mumkin. "Magnit potensiallari" tushunchasi shartlidir, yaʼni magnit maydoni potensial maydon emas (chunki magnit maydonining kuch chiziqlari yopiq, tabiatda magnit zaryad yoʻq).[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil