Magnit yulduzlar
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Magnit yulduzlar - katta oʻlcham li magnit maydonlari borligi aniqlangan yulduzlar; yuzasida spektral chiziqdarning Zeyeman effekti taʼsirida ajralishiga koʻra, oʻlchangan kuchlanganligi yuzdan oʻn ming erstedgacha boʻladi. Magnit yulduzlar Gersshprung — Ressel diagrammasining bosh ketma-ketligida joylashadi hamda V, A, F va M spektral sinfga mansub. Magnit yulduzlar spektrida Si, Mn, Sr, Sg kabi kimyoviy elementlarning kuchli emission chiziqlari kuzatiladi. Bu elementlar miqdori Magnit yulduzlar da Quyosh atmosferasidagidan bir necha marta kup. Magnit yulduzlar shunday spektral sinfdagi normal yulduzlarga nisbatan oʻz oʻqi atrofida oʻrtacha uch marta sekin aylanadi. Spektral chiziqdar intensivligi va ajralish miqdori Magnit yulduzlarning uz uki atrofida aylanish davri bilan bir xil davrda oʻzgarishi aniqlangan. Shunday davr bilan Magnit yulduzlarning yorugʻligi bir necha foizga oʻzgarib turadi.
Magnit yulduzlarning magnit maydoni yulduzni hosil qilgan gazchang bulutga qarashli boʻlgan va gazchang siqilishi natijasida oʻn minglab erstedgacha kuchaygan. Ogʻir elementlar Si, Mn, Sg va Sr Magnit yulduzlar atmosferasida ruy berayotgan chaqnashlar natijasida yadro reaksiyalarida hosil buladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |