Magnitometr
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Magnitometr (magnit va ... metr) — magnit induksiya, magnit maydon kuchlanganligi va doimiy magnitlarning magnit momentlarini oʻlchash uchun moʻljallangan asbob. Magnitomexanik, elektromagnit, induksion va ferrozond M.lar bor. Magnitomexanik M.da oʻlchanayotgan magnit maydonda 2 doimiy magnit oʻzaro taʼsirlashadi, natijada ulardan biri muayyan burchakka ogʻadi. Bunday M. mutlaq (mas, magnit teodolit) va nisbiy (mas, kvars asbob) oʻlchashlar uchun qoʻllanadi. Elektromagnit M.da tekshirilayotgan magnit maydon gʻaltakdagi elektr toki magnit maydoni bilan taqqoslanadi. Induksion M.ning ishi elektromagnit induksiya hodisasiga asoslangan. Ferrozond M.ning ishi oʻzgaruvchan tok oʻtadigan chulgʻamli oʻzakning magnit oʻtkazuvchanligi oʻlchanayotgan magnit maydon taʼsirida oʻzgarishi hodisasiga asoslangan. M. yordamida Yer va boshqa sayyoralarning magnit maydoni oʻlchanadi, magnit oʻzgarishlariga doir hodisalar oʻrganiladi, foydali qazilma konlari qidiriladi; magnit materiallarning xossalari oʻlchanadi va boshqa ilmiy hamda amaliy ishlar bajariladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |