Magnitostriksion oʻzgartirgich
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Magnitostriksion oʻzgartirgich — magnit maydon energiyasini mexanik tebranishlar energiyasiga yoki aksincha oʻzgartirib beradigan elektrotexnik va elektroakustik qurilma. Ishi materiallarning oʻz shakli va oʻlchamlarini oʻzgartirish (magnitostriksiya) xususiyatiga asoslangan. Tuzilishi magnitostriksion materialdan yasalgan oʻzak (magnit oʻtkazgich) va unga oʻralgan sim chulgʻamidan iborat. Oʻzak sterjen shaklida yoki halqasimon shaklda boʻladi. Magnitostriksion oʻzgartirgich tarkatuvchi va qabul qiluvchi boʻlishi mumkin. Tarqatuvchi Magnitostriksion oʻzgartirgichda oʻzgaruvchi elektr toki chulgʻamdan oʻtib, oʻzgaruvchan magnit maydonini vujudga keltiradi. Uning taʼsirida oʻzak dam-badam oʻz shakli va oʻlchamlarini oʻzgartiradi. Qabul qiluvchi M.oʻ.da oʻzakka tashqi mexanik kuchlar (mas, tovush toʻlqinlari) taʼsir qiladi, natijada oʻzakda oʻzgaruvchan magnit maydon, chulgʻamda esa elektr yurituvchi kuch vujudga keladi. Magnitostriksion oʻzgartirgich gidroakustik va ultratovush qurilmalarida, elektr va radiotexnika jihozlarida, mashinalar, binolar va inshootlarning titrashini oʻlchash va boshqalarda qoʻllanadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |