Magniy xlorat
Qiyofa
Magniy xlorat [Mg (C1O3)26H2O] — sirtdan taʼsir etuvchi defoliant, desikant. Suvda eruvchan 60% li kukun. Rangi oqish kulrang yoki qoʻngʻir. Gʻoʻza, soya, dukkakli va boshqa ekinlarning hosilini yigʻishdan avval bargini toʻkishda (qarang Defoliatsiya) va tupini quritishda (qarang Desikatsiya) koʻllaniladi. Koʻpgina gʻoʻza tuplarida 1—4 koʻsak ochilgandan soʻng defoliatsiya oʻtkaziladi. Preparat ning sarf normasi: 8–20 kg/ga, ish suyukligi traktor purkagichlari qoʻllanilganda 200 l/ga. Desikatsiyada preparatning sarf meʼyori: 25–35 kg/ga; ish suyukligi defoliatsiyada olingan sarf meʼyoriga teng. Magniy xlorat Fargʻona "Azot" ishlab chiqarish birlashmasida 1965-yildan ishlab chiqariladi. Zahari kam. Sichqonlar uchun OʻD50 5300 mg/kg.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |