Mahalliy shamollar
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Mahalliy shamollar — tezligi, takrorlanishi, yoʻnalishi va boshqa meteoreologik elementlari bilan ajralib turadigan shamollar; Yer yuzasining maʼlum rayonlariga xos boʻladi. Mahalliy shamollarning paydo boʻlishiga sabablar: mahalliy topografiya yoki orografiyaning umumiy sirkulyasiya oqimlariga taʼsiri natijasi (fen, bora va boshqalar); umumiy sirkulyasiyasidan qatʼi nazar, mahalliy sirkulyasiyaning (brizlar, togʻvodiy shamollari) mavjudligi; baʼzida uyurma xususiyatlariga ega boʻlgan konveksiyaning (changli boʻron va boshqalar) boʻlishi; umumiy sirkulyasiya oqimini shu rayonga oidligi (kam namlik, changlanish, past temperatura va boshqalar). Oʻrta Osiyoning jan.da uchraydigan afgʻon shamoli, garmsel, Orol dengizida boʻlib turadigan dovullar va boshqa Oʻrta Osiyo uchun Mahalliy shamollar hisoblanadi. Mahalliy shamollarlar, koʻpincha, shu joy nomi bilan ataladi: Bekobod shamoli (ursatev shamoli). Boku "nord" i, Novorossiysk "bora"si va hokazo[1].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |