Mahallot masjidi
Mahallot masjidi | |
---|---|
Umumiy maʼlumot | |
Maqomi | davlat muhofazasida |
Turi | Masjid |
Joylashuvi | Mahallot MFY |
Shahar | Qarshi |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Qurilishi tugagan | 1911-yil |
Mahallot masjidi |
Mahallot masjidi — Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri Mahallot MFYda joylashgan meʼmoriy yodgorlik. Masjid Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“ 2018-yil 19-dekabrdagi PQ-4068-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston moddiy va madaniy merosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan — davlat muhofazasiga olingan[1].
Mahallot masjidi 1911-yilda bunyod etilgan. Hozirgi kunda masjid Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri Mahallot mahallasida joylashgan. Hozirgi kunda Mahallot masjidi imom xatibi Egamberdi Sattorov hisoblanadi[2].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xasan xoji Ismoil oʻgʻli yozib qoldirgan maʼlumotnoma Mahallot masjidi tarixi batafsil yorotob berilgan. Maʼlumotnomada keltirilishicha, Mahallot masjidi 1911-yillarda Mirakxon tashabbusi bilan paxsadan quriladi. Keyinchalik Jome masjidi maqomini oladi. Inqilob davrida qarovsizlikdan xaroba xoliga kelib qolgan. Dastlab, Xasan xojining ajdodi Aminxon bobo boshchiligida va 1972-yilda mahalla fidoiylari saʼyi harakati bilan qayta taʼmirlanadi. Hozirgi kunda ham faoliyati davom etmoqda. Mahallot masjidining hozirgi holati yaxshi saqlangan.
Meʼmorchiligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Masjidga ayvondan eshiklar orqali ichkariga kirilgan. Binoning asosiy oʻrta qismida oʻymakor ustunlar shift yogʻochlarini koʻtarib turadi. Masjidning tashqi qismi ayvon uslubida qurilgan, ayvoni yogʻoch ustun bilan koʻtarilgan. Eshik va ustunlari oʻyma naqsh bilan bezalgan. Masjid tomining shiftlari mayda yogʻochlar bilan goʻzal usulda yopilgan va turli buyoqlar bilan naqshlangan. Uning umumiy koʻrinishi juda yaxshi taassurot qoldiradi. Masjid yogʻoch ustunlariga mahorat bilan gul tasvirlari, turli xil shakllari oʻyilgan. Bunday anʼanaviylikni Buxoro meʼmorchiligida ham koʻrish mumkin.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiomborda Mahallot masjidi haqida turkum mavjud |