Kontent qismiga oʻtish

Maxatma Gandi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Mahatma Gandidan yoʻnaltirildi)
Mahatma Gandi

Gandi 1931-yilda
Tavalludi
Mohandas Karamchand Gandi

2-oktyabr 1869-yil
Gujarot viloyati Porbandar shahri
Vafoti 30-yanvar 1948-yil(1948-01-30)
(78 yoshda)
Fuqaroligi Hindiston
Faoliyat yillari 1893—1948
Millati hind
Turmush oʻrtogʻi
Kasturba Gandi
(turm. 1883; vaf. 1944)
Bolalari
  • Harilal
  • Manilal
  • Ramdas
  • Devdas
Otasi Karamchand Gandi
Onasi Putlibai Gandi
Mukofotlari „Yil kishisi“ (1930)[1]
Imzosi

Mohandas Karamchand Gandi (1869-yil 2-oktabr, Gujarot — 1948-yil 30-yanvar, Dehli) — Hindiston milliy-ozodlik harakati rahbarlaridan biri, taniqli mutafakkir[2][3][4]. U 1869-yil Gujarot viloyati Porbandar shahrida tugʻilgan. Hind xalqi uni „Mahatma“ („Buyuk qalb“) deb ataydi. Uning nomi bilan bogʻliq boʻlgan gandizm taʼlimoti Hindistondagi asosiy hukmron partiya — Hindiston Milliy Kongressining rasmiy mafkurasi hisoblanadi. 1887—1891-yillarda Angliyada huquqshunoslik boʻyicha maʼlumot oladi. 1891-yildan advokatlik vazifasida, 1893—1914-yillarda Janubiy Afrikadagi (Angliya mustamlakasi) gujarot savdo firmasida huquqshunosmaslahatchi. Nataldagi olmos, koʻmir, oltin konlarida, shakarqamish plantatsiyalarida yollanib ishlayotgan hind dehqonlarining insoniy huquqlarini himoya qilib 22 yil kurash olib bordi. Gandi „satyagraxa“ („kuch ishlatmasdan kurashish“) taktikasini ishlab chiqdi. U 1915-yildan Milliy kongress ishlarida faol qatnasha boshladi. Gandi ingliz mustamlakachilariga qarshi tinch namoyishlar oʻtkazish, chet el tovarlarini boykot qilish, rasmiy mansab va unvonlardan voz kechish, soliq toʻlashdan bosh tortish kabi kurash usullari orqali mehnatkash ommani kurashga jalb etdi. Gandi bir necha marta qamalgan (1922-1924, 1930-1931, 1942-1944). Gandi hindular bilan musulmonlarning oʻzaro doʻstligini mustahkamlashga intildi. Kastachilikka qarshi kurashdi. Gandining hinduizmiya eʼtiqodi chuqur boʻlgan; boshqa dinlarga hurmat bilan qaragan. Gandi butun faoliyatida din bilan siyosatni bir-biriga bogʻlashga harakat qilgan. Gandining barcha dinlar hamkorligi va doʻstligi haqidagi gʻoyalari Hindistondagi reaksion unsurlarning gʻazabini keltirgan. Hindularning reakiion shovinistik tashkiloti aʼzosi tomonidan otib oʻldirilgan.

U umri davomida koʻrgan-kechirgan voqealarini "Mening hayotim" nomli kitobda bayon etdi. Gandi XX asrning Albert Eynshteyndan keyingi 2-raqamli insoni deya rasman tan olingan.

  1. „Mahatma Gandhi Biography“. Social Justice & Special Assistance, Government of Maharashtra.
  2. B. R. Nanda (2019), „Mahatma Gandhi“, Encyclopædia Britannica Quote: „Mahatma Gandhi, byname of Mohandas Karamchand Gandhi, (born October 2, 1869, Porbandar, India — died January 30, 1948, Delhi), Indian lawyer, politician, …“
  3. Ganguly, Debjani; Docker, John (2008), Rethinking Gandhi and Nonviolent Relationality: Global Perspectives, Routledge, 4–-bet, ISBN 978-1-134-07431-0 Quote: „… marks Gandhi as a hybrid cosmopolitan figure who transformed … anti-colonial nationalist politics in the twentieth-century in ways that neither indigenous nor westernized Indian nationalists could.“
  4. Parel, Anthony J (2016), Pax Gandhiana: The Political Philosophy of Mahatma Gandhi, Oxford University Press, 202–-bet, ISBN 978-0-19-049146-8 Quote: „Gandhi staked his reputation as an original political thinker on this specific issue. Hitherto, violence had been used in the name of political rights, such as in street riots, regicide, or armed revolutions. Gandhi believes there is a better way of securing political rights, that of nonviolence, and that this new way marks an advance in political ethics.“