Mahmud Chagʻminiy
Mahmud Chagʻminiy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Vafoti | 1221-yil |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | faylasuf |
Mahmud Chagʻminiy (arabcha: محمود الشغميني — Mahmud Chagʻminiy – Toʻliq ismi Mahmud ibn Muhammad ibn Umar Chagʻminiydir) — faylasuf.
Mahmud Chagʻminiy xorazmlik yirik faylasuflardan biri boʻlib, ilmiy asarlari Sharqda juda mashhur boʻlgan. Mahmud Chagʻminiyning hayoti va ijodiy faoliyati hozirda yaxshi yoritilmagan.
Ulugʻbek madrasasidagi astronomiyaga oid mashgʻulotlarning mavzusi sifatida Mahmud Chagʻminiyning astronomiya sohasidagi asarlariga Mir Sayyid Sharif Jurjoniy va Qozizoda Rumiylar tomonidan yozilgan sharhlarni oʻrganish ham kiritilgan. Mazkur olimlar Mahmud Chagʻminiyning “Mulaxxas fil hayʼa” (“Astronomiyaga oid qisqa toʻplam”) asariga sharhlar yozishgan. Mahmud Chagʻminiyning tugʻilgan yili maʼlum emas, ammo adabiyotlarda koʻrsatilishicha, vafoti 1221-yil deb taxmin qilinadi. Mahmud Chagʻminiyning “Mulaxxas fil hayʼa” asaridan tashqari “Saylanma”, “Toʻqqiz sonining matematikadagi oʻrni haqida risola” va boshqa qator risolalari mavjud[1].
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- As-Sam’oniy. Al-Ansāb. — Bayrut: Dor al-fikr, 1998.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Oʻrta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. – Samarqand: Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. – B. 797.
Ushbu maqolada Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |