Kontent qismiga oʻtish

Mahmud ibn Vali

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Mahmud Ibn Validan yoʻnaltirildi)

Mahmud Ibn Vali (taxminan 1595, Balx — ?) — tarixchi, geograf olim, sayyoh.

Mahmud ibn Vali mashhur olim, tasawwuf namoyondasi Maxdumi Aʼzam avlodidan bʻolgan. Badavlat oilada tugilgan, yoshligida turli fanlardan saboq olgan. Hindiston, hozirgi Shri Lanka va Movarounnaxr boʻylab sayohat qilgan. Ensiklopedik tavsifdagi asosiy asari "Bahr ul-asror fi manoqib al-ahyar" ("Oliyjanob insonlar jasorati xususida sirlar dengizi") ("Geografiya") boʻlib, muallif uni yozishda arab geograflari (Ibn al-Faqih, Istaxriy, Ibn Havqal, Abu Dulaf, Ibn Fadlon, al-Gʻarnotiy, Yoqut Hamaviy, Dimishqiy), fors olimlari Zakariyo Qazviniy, Hamdulloh Qazviniy va boshqalar)ning asarlaridan foydalangan. Asarda dengiz, okean, dare, qir, togʻ, buloq, mashhur portlar (bandargoh), shaharlar, mamlakatlar va ular hududidagi tabiiy muhit, hayvonot olami, ajoyibotlar haqida bayon qilinadi.

M. ibn M. bundan tashqari, "Ravo’ix-i toyiba" ("Yoqimli hidlar"), "Muhabbatnoma", "Najmi saqib" ("Yorqin yulduz"), "Risolai bahoriya" ("Ba-hor haqida risola"), "Axloqi husayniy" ("Axloq husnlari") asarlarining muallifi. U 50 ming baytdan iborat katta devon tuzgan.

  • More tayn otnositelno doblestey blagorodnix (Geografiya), T., 1977.
  • Madraimov, Abdumajid. Manbashunoslik: Bakalavriatning tarix yo'nalishi talabalari uchun darslik. A. Madraimov, G. Fuzailova. Т.: O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2008.