Mahmud Usmonov
Mahmud Usmonov (1910 — Toshkent — 1997.1.7) — ganchkor usta, Oʻzbekiston Badiiyot akadimyasi akademik (1997), Oʻzbekiston xalq rassomi (1977). Hunarni otasi usta Usmon Ikromovaan, keyinchalik Us t a Shirin Murodovdan oʻrgangan. U. ijodida Toshkent ganchkorligi sanʼati anʼanalarini rivojlantirdi, uni yangi mazmun bilan boyitdi; islimiy va girih naqshlarni mahorat bilan qoʻllab jozibador naqsh mujassamotlari yaratli; u ishlagan naqshlar nafis, aniq va loʻnda, oʻymalari mukammalligi bilan diqqatga sazovor. U. Oʻzbekiston amaliy sanʼat muzeyi (sobiq Polovsev uyi)ni taʼmirlashda, Navoiy teatri va Muqimiy teatrini bezashda faol qatnashgan; Hamza teatri (1967—68), Alisher Navoiy nomidagi adabiyot muzeyi (1968), Samarqand aeroporti (1969), Oʻzbekiston xalqlari tarixi muzeyi (1969—70), Oʻzbekiston sanʼat muzeyi (1973), "Buyuk ipak yoʻli" metro bekati (1980) va boshqa, shuningdek, xorijdagi (Donetsk, Kiyev, Toshxrvuz, Chimkent va boshqalar) jamoat binolarini ganchkorlik bn bezashda ustalarga rahbarlik qilgan. U. pedagog sifatida faoliyatini bolalar uyida boshlagan (1935—48), Toshkentdagi bolalar va oʻquvchilar uylari, saroyida ganch oʻymakorligi toʻgaragiga rahbarlik qilgan (1948—68); Benkov nomidagi respublika rassomlik bilim yurtida dars bergan (1952—60). U. koʻplab shogirdlar tayyorlagan, ular (Abdurahim Umarov, A. Sultonov, M. Sultonov, farzandi Mirvohid Usmonov va boshqalar) ustozlarining ishlarini davom ettirmokda.
Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1970).
Ac: Sanʼatim — saodatim, T., 1983.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |