Mahmudjon Ahmedov
Qiyofa
Mahmudjon Ahmedovich Ahmedov (27-dekabr, 1926-yil; Qashqadaryo viloyati Kitob tumani) — jarroh, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1990), tibbiyot fanlari doktori (1971), professor (1973). SamMI fakultet jarrohlik kafedrasi assistenti (1956-1963), dotsenti (1964-1970); bolalar jarrohligi kafedrasi mudiri (1970-yildan). Ahmedovning asosiy ilmiy ishlari bolalardagi yiringli septik kasalliklar: oʻtkir va surunkali osteomiyelit, siydik ajratish sistemasi va siydik toshi kasalligi anomaliyalarini tuzatish, shuningdek, bolalar jarrohdigida lazerni qoʻllash va boshqalarga oid.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |