Mahram
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Mahram (arab. — qarindosh) — shariatda oʻzaro nikoh man etilgan va eng yaqin qarindoshlik aloqasida boʻlgan erkak yoki ayol. Shaxsning eri yoki xotini, asosan, Mahram (tan Mahram) hisoblangan. Ayol kishi yuzi ochiq holda koʻrinishi mumkin boʻlgan yaqin erkak qarindoshlar shariatga koʻra, ayolning eri (tan M), otasi, oʻgʻillari, aka-uka, amaki, buva, togʻa, qaynatasi. Mahram, undan yiroq erkak qarindoshlar va yot erkaklar nomaxram hisoblanadi. Odatda, ayol kishi Mahramdan yuzini berkitmagan, ammo nikohdagi ayol erining boshqa qarindoshlaridan (qaynata qaynana va erining ruxsati bilan) qochmasligi mumkin hisoblangan. Er yoki xotin ajrashib ketsa yoki ulardan biri oʻlsa, oʻsha vaqtdan eʼtiboran ular bir-biriga nomahram hisoblangan. Ayol kishi oʻlsa uni qabrga nomaxram kishilar qoʻya olmay, balki oʻgʻil yo aka-uka, togʻa yoki marhum tiriklik vaqtida vasiyat qilingan kishi (goʻri Mahram) qoʻygan.
Mahramlik bilan bogʻliq boʻlgan koʻpgina rasmrusum va qoidalar hozirda yoʻqolib ketgan. Shuningdek, "Mahram" sirdosh, sidqidildan xizmat qiluvchi xizmatkor maʼnolarida ham ishlatiladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |