Majburiy sugʻurta
Majburiy sugʻurta - davlat sugʻurtasi shakllaridan biri, qonun asosida belgilangan shartlarga binoan, davlat sugurta tashkilotlari tomonidan oʻtkaziladi. Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligi korxonalari boʻyicha tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlar qaytarilishi uchun qishloq xoʻjaligi korxonalarining javobgarligi; qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish ishlarini oʻtkazish uchun avans tariqasida beriladigan va fyuchers kontraktlari boʻyicha mablagʻlar qaytarilishi; qishloq va shaharda garovga qoʻyilgan mol-mulk; qishloqdagi transport egalarining fuqarolik javobgarligi va boshqa majburiy tartibda sugʻurtalanadi. Bundan tashqari, harbiy xizmatchilar va majburiy harbiy xizmat tarkibidagilar, shuningdek, ichki ishlar va xavfeizlik organlari xodimlari xizmatni oʻtash, harbiy yigʻinlar davrida jarohatlanish, kasallanish, oʻlim hollaridan, ogʻir sanoat tarmoqlari va transport tarmoqlari xizmatchilari ham majburiy sugʻurtalanadi. Majburiy sugʻurta boʻyicha sugʻurta tashkilotlari qonunda koʻrsatilgan sugʻurta holatlari yuz berganda yetgan zarar miqsorini su-gʻurta qildirgan shaxsga yoki sugʻurta qilingan mol-mulkning egasiga toʻlaydi. Oʻzbekiston Respublikasida Majburiy sugʻurtani amalga oshiruvchi eng yirik kompaniyalar "Oʻzagrosugʻurta" davlat-aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasi, "Oʻzbekinvest" eksport-import milliy sugʻurta kompaniyasi. Majburiy sugʻurta munosabatlari Oʻzbekiston Respublikasining "[[Sugʻurta toʻgʻrisida" (1993-yil 6-may), "[[Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida" (2002-yil 5-aprel) qonunlari bilan tartibga solinadi (yana q. [[Sugʻurta).[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |