Majeykyay
Qiyofa
Majeykyay (Mažeikiai) — Litvadagi Majeykyay rayoni markazi. Vilnyus shahridan 291 km shim.-gʻarbda joylashgan. Liyepaya, Shyaulyay, Yelgava shaharlari yoʻnalishidagi temir yoʻl tuguni. Aholisi 46,6 ming kishi (1995). Neftni qayta ishlash zavodi (Majeykyaydan 15 km naryada), elektrotexnika, kompressor, zigʻir, pivo zavodlari, poyabzal va mebel fabrikalari, teatr, oʻlkashunoslik muzeyi bor. 19-asrda vujudga kelgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |