Kontent qismiga oʻtish

Majid Qodiriy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Majid Qodiriy 1918-yilda
Majid Qodiriy imzosi

Majid Qori Qodiriy (Qodirov) (ruscha: Маджид Кадыри (Кадыров); asl ismi Abd-ul-Majid-xon Qori Abd-ul-Qodir-xon Qori oʻgʻli مجید قَارِئ قادری (ruscha: Абд-ул-Маджид-хан Кары Кадыри; 2-may 1886-yil[1], Qori-Yogʻdi mahallasi, Shayxantohur dahasi, Toshkent — 4-oktabr 1938-yil, Yunusobod (hozirgi „Shaxidlar xotirasi“ majmuasi joylashgan yer), Toshkent) — oʻzbek olimi, adib, birinchi oʻzbek tilidagi chop etilgan darsliklarning muallifi,[2] xususan, adabiyot, tarix va arifmetika darsliklari, Turkiston oʻlkasidagi jadidchilik harakati asoschilaridan biri.

Majid Qodiriy (Qodirov), Toshkentning Shayxantohur dahasida joylashgan Qori-yogʻdi mahallasida imom oilasida tavallud topgan. Avval eski usul maktabini, keyin esa madrasada tahsil olgan. Mudarrislikni „usuli-savtiya“ (eski-usul) keyin esa „usuli-jadidiya“ (yangi-usul) maktablarida boshlagan, keyinchalik madrasa va rus-tuzem maktablarida ham mehnat qilgan.

Fors, arab, turkiy, rus va ingliz tillarini bilgan.

1906-yildan boshlab rus-tuzem maktablarida matematikadan dars berishni boshlagan, 1917-yildagi qizil inqilobidan oldin Toshkentdagi oʻrta maktablarda dars bergan hamda ularda mudirlik qilgan.

1918-1921-yillarda jadidchilik harakati tomonidan tashkil etilgan 6-Turon maktabida mudir.

1918-yildan Kommunistik partiyaga aʼzolikka qabul qilingan.

1920-1921-yillarda Toshkentdagi Tabiyat va tarix pedlaboratoriyasi mudiri.

1921-yil Toshkentdagi Boyskaut maktabida dars bergan.

1921-yilning 1-5 yanvarida Toshkentda birinchi o'lka o'zbek tili va imlosi qurultoyida maxsus taklif etilgan hayat a'zosi sifatida ishtirok etgan. (1921-yil yanvarda bo'lg'on birinchi o'lka o'zbek til va imlo qurultoyining chiqarg'on qarorlari. - Toshkent.: Turkiston Jumxuriyatining davlat nashriyoti. - 1922.)

1921-yilda Turkiston davlat universitetining eski-shahar ishchi fakultetida oʻzbek tilidan dars berishni boshlagan.

1921-1923-yillarda Turkiston davlat universitetining „Ishchi facultet“da dekan., shu vaqtning oʻzida Turkiston davlat universiteti qoshidagi „Tadqiqot“ laboratoriyasida mudir. 1923-yilning 23 mart kuni „Mehnat Qahramoni“ unvoni berilgan.

1923-1925-yillarda Tabiatni asrash muzeyi mudiri.

1924-yil Toshkent Vaqf shoʻbasi hodimi.

1925-yildan boshlab Oʻrta Osiyo osoriatiqalarni saqlash qoʻmitasi hodimi.

1925-yilda Parijda ochilgan koʻrgazmada yangi tashkil etilgan Oʻzbekiston respublikasining vakili sifatida borgan. Parijga ketayotib, Berlinda toʻxtab, Germaniyada tahsil olayotgan oʻzbek talabalari bilan uchrashgan [3].

1928-yilda Oʻrta osiyo davlat universiteti qoshidagi „Fizika kabineti“da mudirlik qilgan.

1928-1930-yillarda Oʻrta osiyo davlat universitetining „ishchi fakulteti“da dekan hamda tarix kabinetining boshligʻi lavozmini egallagan.

1929-yilda partiyadan oʻchirilgan, 1930-yilning boshida ishdan boʻshatilgan.

Uning partiyadan oʻchirilib, ishdan boʻshatilishiga, ayrim proletariat va sovetparastlarning tuhmatlari hamda 1929-1930-yillarda matbuotda bosilgan felyetonlar ham sababchi boʻlgan. Bu felyetonlarda isboti topilmagan gumonlar bilan ayblangan.

Majid Qodiriy 1930-yildan keyin ham mudarrislik faoliyatini Oʻrta osiyo davlat universitetida davom ettirdi.

1937-yilda „xalq dushmani“ sifatida SSSR NKVD tomonidan hibisga olingan. Tergov ishlarida 1938-yilning 2 aprelida hibisga olingan deb yozilgan rasman.

1938-yilning 12 sentabr kuni[4] NKVDning „troyka“si tomonidan otib tashlashga hukm qilingan Prigovor[sayt ishlamaydi] (VK VS SSSR, 05.10.1938 — VMN), jazo Turkistonning tarixida enq qonli kun boʻlib qolgan kun — 1938 yilning 5 oktabr kuni ijroga keltirilgan (AP RF, op.24, delo 418, list 114).

Oʻzbek millatining eng oldi-isloxchilaridan 507 tasi shu kuni „xalq dushmani“ deb hukm qilingan va hozirgi Yunusoboddagi Oq-tepada otib tashlangan. Shu joyda mustaqillikka erishilgandan soʻng „Shaxidlar xotirasi“ majmuasi qurilgan.

13.02.1958 sanada SSSRning Harbiy kollegiyasi tomonidan aybsiz deb topilib — „oʻlimdan soʻng reabilitasiya“ qilingan va kommunistik partiyaga qayta kiritilgan.

Majid Qodiriy va umr yoʻldoshi Mehrinisoxon Mirsagatovalarda 6 farzand boʻlgan, oʻgʻillari Quddusxon, Ramzixon, Rashodxon, Erkinxon va Oʻtkirxonlar va qizlari Nafisaxon.

Afsuski Majid Qodiriyni ota-onalari haqida maʼlumotlar saqlanib qolmagan, qisqa maʼlumot Majid Qodiriyning oʻz qoʻli bilan Oʻzbekiston SSR xalq taʼlimi komissariati uchun toʻldirilgan tarjimai-holida keltirilgan. Majid Qodiriyning otalari Abdul-Qodirxon Qori diniy idora hodimi boʻlgan (tarjimai holning asl nus’hasi Oʻzbekiston markaziy arxivida saqlanadi). „Xalq dushmani“ sifatida xibsga olingandan soʻng, NKVD tomonidan taʼqibdan qoʻrqib koʻp doʻstlari va qarindoshlari uzoqlashib ketgan. Mehrinisoxonim bolalarini taʼqibdan asrab qolish uchun oʻzining ota-onasi va turmush oʻrtogʻi Majid Qodiriy hamda uning ota-onasi haqida gapirmaslikka harakat qilgan.

Maorif ishlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Majid Qodiriy birinchi oʻzbek tilida chop etilgan va yangi-uslub maktablarida taʼlimga tadbiq etilgan arifmetika (Majid Qori, "Hisob (Matematikadan boshlangʻich taʼlim asoslari) 1-Juz“[5],), Toshkent 1910-yil (1913 va 1915-yillarda „Turkiston Kutubhonasi“ nashriyoti tomonidan qayta nashr qilingan), "Hisob 2-Juz“, Toshkent 1914y., geografiya (Majid Qori, „Jugrofiya“, Toshkent 1911-yil) va chigʻatoy-turkiy (oʻzbek) tilda grammatika kitoblarining muallifidir. Shuningdek nashr faoliyati bilan jadidlardan boʻlgan Saidrasul Aziziy, Munavvar Qori Abdurashidxonov, Muhammad Rasuliy, Shokirjon Abdurahimjonov, Abdulla Avloniy, Xamza Niyoziy, Abduvohid Munzim, Sadriddin Ayniy va boshqalar ishtirok etgan. Yangi-usul maktablarida taʼlim jarayonining muvaffaqiyatli rivojlanishiga usha davrda yagona oʻquv metodikasining yoʻqligi halaqit berayotgan edi. Musulmon maktablarida yangi oʻqitish uslubining joriy etilishi tarafdorlari bu masalani bir necha marta turli darajalarda muhokama qilishgan edi. 1910-yilning sentyabrida Munavvar Qori Abdurashidxonov Turkistonda davlat darajasida umumiy dasturlar va darsliklar joriy etilishini soʻrab maktab taʼlim islohotini amalga oshirish boʻyicha Davlat dumasiga ariza yubordi. Xuddi shu masala 1914-yilning may oyida Shayhantohur daha qozisining uyida toʻplangan keng koʻlamda ilgʻor milliy ziyolilar vakillari tomonidan muhokama etiladi. Yigʻilish ishtirokchilari yagona oʻquv metodikasining joriy etilishi maktab taʼlim jarayonini muvaffaqiyatini hamda oʻquvchilarni bir maktabdan ikkinchi maktabga oʻtishida muammolardan xalos boʻlish yoʻli sifatida taʼkidlashgan. Yigʻilishda yagona oʻquv metodikasini ishlab chiqish hamda tadbiq etish boʻyicha mas’ul qoʻmita hodimlarini tasdiqlashdi, ularga yangi usul maktab muallimlari: Munavvar Qori Abdurashidxonov, Qori Samigʻ Ziyoyev, Shokirjon Muhammad Rasul Abdulloh Avloniy, „Sadoi Turkiston“ gazetasining korrektori va rus-tuzem maktabi muallimi ustoz tuzatish Oʻsha paytda ishlagan: uchrashuv maktablar novometodnyh oʻqituvchilar, jumladan, yagona oʻquv rejasi rivojlantirish uchun vakolatli qoʻmita saylanadi Rossiya-tuzem maktablari Abdul Majid Qori Qodiriy tasdiqlandilar (Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy arxivi. fond R-461, 1 jild , 1260 ish , 22 varaq).

Turkiston jadidlari taʼlim muassalarida dunyoviy fanlarni joriy qilish bilan birga anʼanaviy fanlarni isloh qilishga ulkan hissa qoʻshishgan va ilm olish hohishi boʻlgan kam taʼminlangan oilalarga bebaho yordam koʻrsatdi. Ularning saʼy-harakatlari tufayli Toshkentda „Turon“ xayriya jamgʻarmasi, Buxoroda „Tarbiyai atfol“, Qoʻqonda „Gʻayrat“, oʻndan ortiq korxona, noshirlik uylari, kutubxonalar tashkil etildi. 1909-yilda taʼsis qilingan „Jamiyati xayriya“ birinchi xayriya jamgʻarmasi taʼsischilari boʻlib Munavvarqori va Avloniylar boʻldi. Bu jamiyatning asosida, 1913-yilda Toshkentning ziyolilari hamda badavlat insonlari tarafidan „Turon“ jamiyati tashikil etildi. Bu jamiyat negizida „Turon“ drama-truppasi, „Turon“ kutubxonasi va oʻquv zali, „Turkiston kutubxonasi“ nashriyoti tashkil etildi. Jamiyat negizidagi „6-chi Turon“ maktabda 1918-yilda tashkil etilgandan boshlab to 1921-yilda Turkiston davlat universitetiga ishga oʻtishga qadar Majid Qodiriy mudirlik qilgan.

1923-yilda „Turkiston“ gazetasining 1 yanvar sonida chop etilgan sonida yangi uslub taʼlim dasturlarini targʻib qilish uchun „Nashri- Maorif“[6] jamiyatini tashkil etilgani haqida maʼlum qilindi. Bu jamiyat asoschilari sifatida Munavvar-Qori Abdurashidxonov, Mannon Ramz Shokirjon Rahimiy, Zahiriddin aʼlam Elbek, Shahid Eson, Salimxon Tillaxonov, Hamid Sulaymon, Holmuhammad Ohundiy va Majid Qodiriylar ish yuritdilar.

Majid Qodiriy Turkistonni taʼlim sohasida islohotlarni amalga oshirish va oʻzbek xalqining savodxonlik darajasini oshirish yoʻli bilan oʻzbek xalqini ozodlikka olib chiqishning ashaddiy tarafdori edi.[7] .

Professor Naim Karimov oʻzining „Jadidchilikni asos topishi — milliy gʻoyaning asosi sifatida“ [8] maqolasida Turkiston jadidlarini shunday taʼriflaydi: „Eng yaxshi vakillari jadidchilikning eng yaxshi vakillari, ular koʻpchilikni tashkil etgan albatta, xalqqa va Vataniga xizmat qilgan. Ularning butun hayoti katta tarixiy missiya - mazlum xalqqa ziyo nurini yogʻdirish, unga baxtli hayot sari yoʻlni koʻrsatish, oʻziga nisbatan hurmat va gʻurur hissini uygʻotish, uning ota-bobolari yashagan yerga egalik hissini uqtirishga bagʻishlandi.“ Majid Qori Qodiriy — ziyoli inson, yuksak maʼnaviyat sohibi hamda buyuk oʻzbek xalqining farzandi va oʻz davrining qahramoni sifatida odamlarning hotirasida qoldi.

Matbuotda eʼlon qilingan maqolalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1.Insoniyat nadir?. Sadoyi Turkiston gazetasi, 4 aprel 1914y.

2. Eski shahar Shayxantohur daha Oqmasjid mahallasidagi 3 bolalar bogʻchasida „Ishchi fakultet“ ochilur. „Qizil bayroq“, 10 noyabr 1921 yil soni.

3.Eski Toshkent fakulteti toʻgʻrisida. „Qizil bayroq“, 1 avgust 1922 yil soni.

4.Tajriba kabinetlari . „Qizil bayroq“, 13 aprel 1923 yil soni.

5.Axloqsiz bolalar uyi ochilsin. „Turkiston“ 13 yanvar 1924 yil soni.

6.Oʻqish yiliga obyom. „Turkiston“ 31 oktyabr 1924 yil soni.

7.Maorif uyining rasm kushodi. „Turkiston“ 17 iyul 1924 yil soni.

8.Zarafshon muzofotida tarix, osoriatiqalar qoʻmitasi. „Qizil Oʻzbekiston“ 16 mart 1925 yil soni.

9.Oʻzbekiston muzasi. „Qizil Oʻzbekiston“ 24 mart 1925 yil soni.

9.Boylarning maqtanish uyasi. „Yer yuzi“ jurnali, 2-son, 1925 yil.

11.Parij xotiralari. „Yer yuzi“ jurnali, 3-son, 1925 yil.

12.Parijda Oʻzbekiston. „Yer yuzi“ jurnali, 7-son, 1926 yil.

13."Nozik madaniyat" joylashgan yer. „Yer yuzi“ jurnali, 20-son, 1927 yil.

14.Jahon yo;llarining manzili. „Yer yuzi“ jurnali, 23-son, 1927 yil.

15.Chopqir otlar. „Yer yuzi“ jurnali, 25-son, 1927 yil va boshqalar.


Stalin-terrori (Siyosiy repressiya)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Majid Qodiriyning ismi (Majit Qodirov) Oʻzbekiston SSR boʻyicha „Stalinning otish roʻyxatlari“ga kiritilgan. Bu roʻyxatga partiya, xalq xoʻjaligi, harbiy va ilm-fan sohasida ishlab kelgan yuqori va oʻrta darajadagi rahbarlari kirgan. Roʻyxatlar NKVD organlari tomonidan tergov yakunlanishi bilan tuzilib VKP(b) Markaziy Qoʻmitasi Siyosiy byurosiga tasdiqlash uchun yuborilgan. 2-5 aʼzo tomonidan tasdiqlanishi bilan tergov ishlari bilan „yuridik rasmiylashtirish“ uchun SSSR Oliy sudi Harbiy hay’atiga yuborilgan. Roʻyxatlar toifalarga boʻlingan boʻlgan, 1-chi toifa (ular asosiy katta qismni tashkil qilishgan) otish, oʻlim jazosiga hukm qilinganlar boʻlgan. Oliy sudning harbiy hayyatining (bu holda — uning Toshkent tashrif sessiyasi) sudni maxsus tartibi deb atalmish, prokuror va advokat ishtirokisiz hukm chiqargan. Ishni koʻrib chiqish uchun koʻpi bilan 20-30 daqiqa ajratilgan, qaror ustidan shikoyat qilish imkoniyatisiz, hukmni ijroga yaqin soatlar ichida keltirilishi bilan amalga oshirilgan. Majid Qodiriy kiritilgan roʻyxat 12 sentyabr 1938-yilda Stalin, Molotov va Jdanov tomonidan tasdiqlangan boʻlgan. (Axborot „Memorial“ fondi tomonidan 2009-yilda taqdim edildi).



  1. Tajimai-holda 1880-yil deb koʻrsatilgan. NKVD tergov „delo“sida 1876-yil deb koʻrsatilgan.
  2. Давронбек. „Улуғбек Долимов. Жадидчиликнинг тамал тоши“. www.ziyouz.uz. Qaraldi: 2016-yil 7-aprel.
  3. Administrator. „Шерали Турдиев. Маърифат қалдирғочлари (1989)“. ziyouz.uz. Qaraldi: 2016-yil 7-aprel.
  4. „Списки жертв - дополнения“. lists.memo.ru. Qaraldi: 2016-yil 7-aprel.
  5. „Джадидизм - как школа модернизации ислама в Центральной Азии, - Р.Бобохонов | TsentrAziya“. www.centrasia.ru. 2016-yil 16-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 8-aprel. (Wayback Machine saytida 2016-04-16 sanasida arxivlangan)
  6. Абу Муслим. „Мунавварқори Абдурашидхонов. Туркистон шўролар жумҳуриятидаги маорифпарвар ёшларга хитоб (1923)“. e-tarix.uz. Qaraldi: 2016-yil 8-aprel.
  7. Абу Муслим. „Мунавварқори Абдурашидхонов. Туркистон шўролар жумҳуриятидаги маорифпарвар ёшларга хитоб (1923)“. e-tarix.uz. Qaraldi: 2016-yil 7-aprel.
  8. „Возникновение джадидизма как первоосновы национальной идеи. Часть 1“. Письма о Ташкенте. Qaraldi: 2016-yil 8-aprel.