Kontent qismiga oʻtish

Makalu

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Makalu — Katta Himolay togʻlaridagi choʻqqi, Nepal bilan Xitoy chegarasida. Jomolungma choʻqqisidan 20 km jan.-sharkda. Balandligi 8470 m. Asosan, granitlardan tuzilgan. Yon bagʻirlarida muzliklar (uz. 15 km gacha) bor. M.dan sharqda Himolay togʻlarini kesib oʻtuvchi Arun daryosi darasi joylashgan. Daraning chuqurligi togʻ tepasidan daryo oʻzanigacha 7300 m (dunyoda eng katta). M.ga birinchi boʻlib, 1955-yilda fransiyalik alpinistlar chiqqan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil