Kontent qismiga oʻtish

Makedoniya (tarixiy viloyat)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Makedoniya – Bolqon yarim orolning markazida joylashgan tarixiy viloyat. Makedoniya hududiga aholi (illiriy va frakiy qabilalari) neolit davridan boshlab joylashgan. Miloddan avvalgi 5 – 2-asrlarda Makedoniya hududida Qadimgi Makedoniya davlati boʻlgan. Mil. 6 – 7-asrlarda Makedoniya hududida slavyan qabilalari koʻchib kelgan. Slavyanlar mahalliy qabilalar bilan aralashib ketgan. 7-asrda Vizantiya Makedoniya slavyanlarini qisman oʻziga boʻysundirgan. 9-asrning 2-choragida Makedoniyaning katta qismi Birinchi Bulgʻor podsholigi tarkibiga kirgan. 9—10-asrlarda Makedoniya hududida mulkdorlik (feodal) munosabatlari shakllangan, xristianlik keng yoyilgan. 10-asrning 70-yillarida Gʻarbiy Bulgʻoriya podsholigi vujudga kelib, Makedoniya mazkur podsholik hududining asosiy qismini tashkil qilgan. 1018-yilda Makedoniyani Vizantiya bosib olgan. 1230-yilda Makedoniya Ikkinchi Bulgʻor podsholigi hududining bir qismiga aylangan. 14-asrning oʻrtalarida Makedoniyani Serbiya, 14-asrning soʻnggi choragida esa Usmonli turk imperiyasi bosib olgan. Turkiya zulmiga qarshi milliy ozodlik kurashlari koʻtarilgan (Ilinden qoʻzgʻoloni, 1903). Bolqon urushlari natijasida (191213) Makedoniya Serbiya (Vardar Makedoniyasi), Gretsiya (Egey Makedoniyasi) va Bolgariya (Pirin oʻlkasi) davlatlari oʻrtasida boʻlib olingan[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil