Kontent qismiga oʻtish

Makkadagi tiqilinch qurbonlari (2015)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

2015-yil 24-sentabr kuni Makkada ommaviy tirbandlik kelib chiqdi. Mazkur hodisa Mino vodiysidagi Makkaning chekkasida, yillik Haj ziyorati vaqtida yuz berdi. Dastlab, rasmiylar 769 ziyoratchining o'limi va minglab qurbonlar haqida xabar berishdi[1], ammo oktabr oyining ikkinchi yarmiga kelib qurbonlar soni 2110 taga yetdi[2]. Bu Haj vaqtida sodir boʻlgan qurbonlar soni bo'yicha eng katta hodisadir (1990-yilda xuddi shunday tiqilinchda 1426 kishi halok boʻlgan)[3] .

Haj - bu Makkaga yillik ziyorat bo'lib, uni mehnatga layoqatli musulmonlar umrida kamida bir marta bajarishlari kerak. An'anaga ko'ra, Haj ziyoratida shaytonni toshbo'ron qilish kabi bir qator marosimlardan iborat (arabcha: رمي الجمرات -jamarat)[4][5]. Bu marosim Makka viloyatining Mino shahrida bo'lib o'tadi. Shaytonni toshbo'ron qilish marosimi oxirgi asosiy marosim bo'lib, odamlarning tor joylarda ko'p to'planishi tufayli ko'pincha Hajning eng xavfli qismi hisoblanadi. Bunga qadar bir nechta shunga o'xshash hodisalar sodir boʻlgan[6].

2006-yilda sodir boʻlgan shunga o'xshash hodisada 346 kishi halok boʻlgan. Bu esa Saudiya hukumatini shahar infratuzilmasini yaxshilashga undagan. 2015-yil 11-sentabr, Haj boshlanishidan bir hafta oldin Al-Haram masjidiga kran qulashi oqibatida 118 kishi halok bo‘lgan edi.

2015-yilning 17-sentabrda 1000 ga yaqin ziyoratchilar yong‘in tufayli mehmonxonani tark etishga majbur bo‘ldi. Bundan tashqari, 2015-yil 21-sentabr kuni Makka shahridagi 15 qavatli mehmonxonadan 1500 ga yaqin ziyoratchilar evakuatsiya qilingan.

Fojia mahalliy vaqt bilan soat 09:00da 204 va 223-ko‘chalar chorrahasida ziyoratchilar Jamarat ko‘prigi tomon ketayotgan paytda yuz berdi. Saudiya Arabistoni Ichki ishlar vazirligining taʼkidlashicha, tiqilinch ikki katta guruh ziyoratchilarning bir koʻchadan oʻtib, turli yoʻnalishlarda harakat qilgani sabab boʻlgan[7][8] .

Qirollik rasmiylari hodisa oqibatida 30 dan ortiq mamlakat fuqarolari jabrlanganini maʼlum qildi. Mamlakat Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotlariga koʻra, 769 kishi tiqilinch qurboni boʻlgan, 934 nafar ziyoratchi jarohat olgan. Boshqa hisob-kitoblarga ko‘ra, hodisada 1633 dan ortiq odam halok bo‘lgan. Eronda davlat axborot agentligi 130 nafar eronlik ziyoratchilarning tiqilinchda halok bo‘lgani haqida xabar berdi (keyinroq Erondan o‘lganlar soni 160 dan oshdi). Nigeriya, Chad va Senegaldan kelgan ko'plab ziyoratchilar tiqilinchda halok boʻlgan[7]. Halok bo‘lgan pokistonliklar orasida pokistonlik sobiq deputat Asad Murtazo G‘iloniy ham bor. 1000 dan ortiq odam bedarak yo'qolgan.

Saudiya Arabistoni rasmiylari 26-sentabrdan beri qurbonlar soni bo‘yicha rasmiy ma’lumotlarni e’lon qilmagan. 19-oktabr kuni Associated Press agentligi o‘z hisob-kitoblariga tayanib, tiqilinch qurbonlari soni kamida 2110 kishiga yetganini xabar qildi[9][10] .

  • Saudiya Arabistoni - Makka gubernatori va Haj ishlari boʻyicha markaziy qoʻmita rahbari shahzoda Xolid ibn Faysal Al Saud tiqilinchda “baʼzi Afrika millatiga mansub ziyoratchilarni” aybladi. Saudiya Arabistoni Sog‘liqni saqlash vaziri Xolid A. Al-Falih ziyoratchilar rasmiy ko‘rsatmalarga rioya qilmayotgani tufayli tiqilinch yuzaga kelganini maʼlum qildi. Rasmiylar tomonidan belgilangan muddatlarga e’tibor berilmaganini qo‘shimcha qildi. Islom merosi tadqiqot jamg‘armasi ijrochi direktori Irfon Al Alaviyning aytishicha, falokat hukumatning noto‘g‘ri boshqaruvi natijasidir, buni so‘nggi paytlarda ro‘y bergan bir qator ofatlarda ham ko‘rish mumkin.
  • Eron-Eron rahbari Ali Xomayniy halok boʻlgan ziyoratchilarning oilalariga hamdardlik bildirib Eronda uch kunlik milliy motam eʼlon qildi: "Saudiya Arabistoni hukumati ushbu dahshatli hodisada ogʻir masʼuliyatni oʻz zimmasiga olishga va adolat qoidalariga muvofiq oʻz majburiyatlarini bajarishga majburdir". Tashqi ishlar vazirining o'rinbosari Amir Abdollahiyan Saudiya rasmiylarini haj paytida xavfsizlik choralari ko'rilmaganligini nazarda tutib, maʼsuliyatsizlikda aybladi
  • Haj vaqtida sodir boʻlgan baxtsiz hodisalar
  • Makkadagi masjidda qurilish kranining qulashi
  1. „Toll in Saudi hajj stampede rises to 769 killed, 934 hurt“. The Daily Star (2015-yil 26-sentyabr). 2015-yil 28-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 26-sentyabr.
  2. „Число жертв давки в Саудовской Аравии превысило 2,1 тысячи человек“. 2015-yil 28-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 19-oktyabr.
  3. Hubbard, Ben; Boshnaq, Mona. „Stampede Near Mecca During Hajj Leaves at Least 717 Dead“. The New York Times. 2015-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 24-sentyabr.
  4. Burton, Richard Francis. Personal Narrative of a Pilgrimage to El Medinah and Meccah, 1857 — 226-bet. . — «The word jamrah is applied to the place of stoning, as well as to the stones.».
  5. Andoza:Нп3 „519–1337“, . Sunan Abu Dawud. Sh. M. Ashraf, 1984. . — «1204. Jamrah originally means a pebble. It is applied to the heap of stones or a pillar.».
  6. „Satan stoned – most dangerous hajj rite“. News24 (2011-yil 6-noyabr). 2019-yil 25-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 24-sentyabr.
  7. 7,0 7,1 „Toll in Saudi hajj stampede rises to 769 killed, 934 hurt“. The Daily Star. 2015-yil 28-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 26-sentyabr.
  8. „More than 300 killed in Saudi Hajj stampede“. Al Jazeera. Al Jazeera Media Network (2015-yil 24-sentyabr). 2015-yil 25-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 24-sentyabr.
  9. „Число жертв давки близ Мекки превысило 2,1 тыс. человек“. 2016-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 19-oktyabr.
  10. „Число жертв давки в Саудовской Аравии превысило 2,1 тысячи человек | РИА Новости“. 2015-yil 28-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 19-oktyabr.