Kontent qismiga oʻtish

Maksimin Gay Yuliy Ver

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Maksimin Gay Yuliy Ver; frakiyalik M. (taxminan 172/73—238.10.5) — Rim imperatori (235 yil martdan). Frakiyalik dehqon oilasida tugʻilib, oddiy jangchilikdan oliy mansabga qadar yoʻlni bosib oʻtgan. Iordannint yozishiga qaraganda, M.ning boʻyi 8 stop (fu-t)dan ortiq (1 stop — 30,5 sm) boʻlgan. Germaniya chegarasidagi urush paytida, Mayns yaqinida qoʻshin bilan ixtilofda boʻlgan imperator Aleksandr Sever oʻldirilgach, jangchilar M.ni imperator deb eʼlon kilganlar. M. alemannlar (235), sarmatlar va daklar (236—237) ustidan bir necha gʻalabaga erishgan. Senat va yirik yer egalari manfaatlariga zid boʻlib, jangchilar ehtiyojini qondirishga qaratilgan M. siyosati 238 yil "soldatlar" imperatoriga qarshi Gordianlar tomonidan koʻtarilgan qoʻzgʻolonga sabab boʻlgan. Senat parti-yasiga qarshi boʻlgan urushda M. va uni sezar deb eʼlon qilingan oʻgʻli Akvileya shahrini qamal qilishgan, biroq oʻz lashkarlari orasida chiqqan isyon paytida oʻldirilganlar.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil