Kontent qismiga oʻtish

Maksym Koval

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Maksym Koval
Koval Dynamo Kyiv bilan, 2010-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Maksym Anatoliyovych Koval
Tavallud sanasi 9-dekabr 1992-yil (1992-12-09) (32 yosh)
Tavallud joyi Zaporizhzhia, Ukraina
Boʻyi 1.90 m[1]
Ampluasi Darvozabon
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Sheriff Tiraspol
Raqami 35
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2004—2008 Metalurh Zaporizhzhia Youth
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2008—2010 Metalurh Zaporizhzhia 22 (0)
2010—2019 Dynamo Kyiv 74 (0)
2014—2015Hoverla Uzhhorod (loan) 21 (0)
2015—2016OB (loan) 10 (0)
2018Deportivo La Coruña (loan) 2 (0)
2018—2019Al-Fateh (loan) 29 (0)
2019—2022 Al-Fateh 75 (0)
2022— Sheriff Tiraspol 4 (0)
Milliy terma jamoa
2008—2009 Ukraina U17 8 (0)
2009 Ukraina U18 1 (0)
2010—2011 Ukraina U19 6 (0)
2010 Ukraina U20 1 (0)
2010—2012 Ukraina U21 11 (0)
2012—2017 Ukraina 2 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2021-yil 8-oktyabr uchun)

Maksym AnatoliyovychKoval (talaffuzi: Maksim Koval; 1992-yil 9-dekabrda tugʻilgan) — ukrainalik professional futbolchi, Sheriff Tiraspol jamoasida darvozabon sifatida oʻynaydi.

Klublardagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Metalurh Zaporizhzhia FK

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koval Metalurh Zaporizhzhiani maktabini bitirgan. Birinchi marta 2009-yilning 26-iyulida asosiy jamoa zaxirasiga kiritilgan. 1-noyabr kuni Ukraina Premyer-ligasining 12-tur uchrashuvida maydonga tushgan. 3:0 hisobidagi g‘alabada darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan. „Metallurg“ning koʻp oʻyinlarida asosiy tarkibda maydonga tusha boshladi. 19 ta o‘yinda atigi 23 ta gol o‘tkazib yuborgan.

Koval hamda „Ajax“ futbolchisi Luis Suárez

Debyut mavsumidan soʻng, 16 yoshidayoq Kovalga Kiyevning „Dynamo“si qiziqish bildirgan. 2010—2011-yilgi mavsum uchun atigi 3 ta oʻyinga shartnoma imzoladi.

2014—2015: Hoverla Ujgorodga ijara

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014-yilning 6-avgustida Koval Hoverla Uzhgorodga ijaraga berildi[2]. 2015-yilning 3-martida „Dynamo“ning qishki yig‘inida ishtirok etganidan so‘ng, Koval mavsum oxirigacha Hoverlada ijarada oʻynashi maʼlum bo‘ldi[3].

2015—2016: Odense Boldklubga ijara

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2015-yilning 30-avgustida Koval Daniyaning Odense Boldklubiga bir mavsumga ijaraga berildi[4].

2017—2018: Deportivo La Coruñaga ijara

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yilning 20-yanvarida Koval Ispaniya La Ligasining Deportivo La Coruña klubiga ijara asosida qo‘shildi[5].

2018—2019: Al-Fatehga ijara

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yilning 23-iyulida Koval 2018—2019-yilgi mavsumni Saudiya Arabistoni Professional Ligasining Al-Fateh klubida ijarada oʻtkazishi eʼlon qilindi[6].

Ijara muddati tugagach, Al-Fateh Kovaln Kiyevning „Dynamo“sidan sotib olishga muvaffaq boʻldi va darvozabon bilan 3 yillik shartnoma imzoladi[7]. 2022-yilning 30-iyunida shartnomasi tugaganidan keyin klubni tark etdi[8].

Sheriff Tiraspol

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil 13-avgustda Sheriff Tiraspol Koval bilan shartnoma tuzganligini eʼlon qildi[9].

Xalqaro faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koval 2011-yilning iyun oyida Oʻzbekiston va Fransiyaga qarshi oʻyinlar uchun milliy terma jamoaga chaqirilgan, biroq bu oʻyinlarning birortasida ham maydonga tushmadi. 2012-yilning 1-iyunida Avstriyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida (2:3, magʻlubiyat) tarkibga kiritildi. Koval 2012-yil Ukraina terma jamoasining oʻz maydonida boʻlib oʻtadigan UEFA Yevro-2012 turniri uchun tarkibiga kiritildi.

Faoliyat statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
24-iyun, 2019-yil holatiga koʻra [10]
Klub Mavsum Liga Kubok Qitʼa Boshqa Jami
Division Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Metalurh Zaporizhzhia 2009—2010 Ukraina Premyer-ligasi 19 0 0 0 - - 19 0
2010—2011 Ukraina Premyer-ligasi 3 0 0 0 - - 3 0
Jami 22 0 0 0 0 0 0 0 22 0
Dynamo Kyiv 2010—2011 Ukraina Premyer-ligasi 12 0 1 0 5 0 - 18 0
2011—2012 Ukraina Premyer-ligasi 8 0 1 0 1 0 0 0 10 0
2012—2013 Ukraina Premyer-ligasi 23 0 0 0 10 0 - 33 0
2013—2014 Ukraina Premyer-ligasi 13 0 2 0 4 0 - 19 0
2014—2015 Ukraina Premyer-ligasi 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
2015—2016 Ukraina Premyer-ligasi 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
2016—2017 Ukraina Premyer-ligasi 7 0 2 0 0 0 0 0 9 0
2017—2018 Ukraina Premyer-ligasi 11 0 0 0 7 0 0 0 18 0
2018—2019 Ukraina Premyer-ligasi 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
Jami 74 0 6 0 27 0 0 0 107 0
Hoverla Uzhhorod (ijara) 2014—2015 Ukraina Premyer-ligasi 21 0 3 0 - - 24 0
OB (ijara) 2015—2016 Superliga 10 0 1 0 - - 11 0
Deportivo La Coruña (ijara) 2017—2018 La Liga 2 0 0 0 - - 2 0
Al-Fateh (ijara) 2018—2019 Saudiya Arabistoni Professional ligasi 29 0 1 0 - - 30 0
Jami faoliyati 158 0 11 0 27 0 0 0 196 0
Dynamo Kyiv
  • Ukraina kubogi: 2013—2014